Guhar ul durjdin olamgʻa sochting.
Quloq torti duri shahvor sendin
Va lekin men zaifi zor sendin.
Tama’ bu rangligʻ soʻz tutmas erdim,
Javobim bu sifat koʻz tutmas erdim.
Oʻzungdin gar meni xushdil tilarsen,
Murodim umrdin hosil tilarsen,
Ayon qilmoq kerak bu soʻzda rosim,
Qabul etmak kerak bu iltimosim».
Bu yangligʻ koʻrdi chun shahzoda surat,
Qabul etmakligi erdi zarurat.
Yana tufrogʻ Oʻpub bunyod qildi,
Hazin koʻnglin atoning shod qildi.
Ki: «Chun shah uzr man’in qildi bilkul,
Manga ne hadki qilgʻoymen taammul.
Vale chun men haqiru, ish ulugʻdur
(3)
,
Bu soʻz arzin zarurat qilgʻulugʻdur.
Chu men bu choqqa tegru gʻofil erdim,
Bu ish taklifidin forigʻdil erdim.
Ishim ishratqa bazmoroliq erdi,
Farogʻat birla berarvoliq erdi.
Bir-ikki yil inoyat aylasa shoh
Ki, xizmatdin oʻzumni qilsam ogoh.
Shah ollinda hamisha hozir oʻlsam,
Bu ish kayfiyatigʻa nozir oʻlsam.
Yaqin bilsam rivojin ham kasodin,
Tanisam ham salohin, ham fasodin.
Kichikrak ish burunroq boʻlsa ta’yin,
Qililsa har ne sahv oʻlgʻongʻa talqin.
Ne ishkim yaxshiroq qilsam shurui,
Boʻlulsa yaxshiroq ishning rujui.
Jahonda har kishikim bir ishi bor,
Ishida ul kishining varzishi bor.
Chu varzish boʻlmasa mushkil durur ish,
Boʻlur oson qachonkim yetti varzish.
Manga ham varzish oʻlsa oshkoro,
Qilay ne hukm boʻlsa bemadoro».
Chu surdi nuktani bu nav’ dilkash,
Bayonidin atosi boʻldi dilxush.
Ketur soqiy, manga bir jomi shohi
Ki, boʻlgʻay gʻam sirohining ranohi.
Qadah shahligʻdin ortuqdur koʻzumga,
Qilay zulm, elga qilgʻuncha oʻzumga.
[XIX] Xoqonning oʻz gavharin xazoyin gʻaroyibi, balki gʻaroyib xazoyinigʻa kiyurmogʻi va aning
koʻziga sangrora ushoq toshcha va qizil oltun qaro tufrogʻcha koʻrunmay, koʻzi jaz’i billuriy
durjgʻa tushub, suvda mehri xovariydek billurda oyinai Iskandariygʻa
(1)
tushgoni va ul koʻzgu
tilismidin gʻarib suratlar anga yuz koʻrguzub, koʻngli koʻzgu aksidek iztirobgʻa tushgoni.
Bu soʻzni nuktagoʻyi nomaoro