Hisob aylab torilmay mingda biri.
Oqizib koʻz suyin har la’li serob,
Olib jon naqdini har bir duri nob.
Buluru yashm yuz ming bulajab zarf
Ki, har birga xiroji mulk oʻlub sarf.
Qilib ganjur yuz mundoqni hozir,
Boʻlub ham shoh, ham shahzoda nozir.
Necha boqqon soyi hayrat boʻlub fosh,
Kulumsub gohu, gohi irgʻotib bosh.
Tamoshodin toʻyar chogʻ chun yovushti,
Koʻzi bir bulajab raykargʻa tushti.
Buluri nobdin bir turfa sanduq,
Yasomaydur degaysen oni maxluq.
Safoliq xulqi koʻnglidin namudor,
Ichinda bir ajab hay’at radidor.
Vale ul turfa hay’at sirri mubham,
Murassa’ qufl ila sanduq mahkam.
Dema sanduq, yuz ofat hisori,
Eshigin rust bogʻlab qal’adori
Ki, ofat qal’asi mahkamroq avlo,
Aning asrori ham mubhamroq avlo.
Chu anda bulajab koʻrdi shamoyil,
Boʻlub shahzoda bilmaklikka moyil.
Dedi: «Bas turfadur bu san’atu soz,
Dengizkim, ne durur bu rardada rozgʻ
Kalidi qayda boʻlsa, hozir aylang,
Ochib quflini, sirrin zohir aylang!»
Qilib xoqon bu ma’nida madoro,
Ravoni ayladi uzr oshkoro.
Ki, bu sanduq sirrin kimsa bilmas,
Kalidi yoʻqturur, qufli ochilmas.
Ani koʻrdung, bilurning fikridin kech
Ki, biz ham koʻrduk, ammo bilmaduk hech.
Eshitgach shoh uzrin shohzoda,
Havas savdosini qildi ziyoda.
Dedi: «Har ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod
(2)
.
Ulum ichra manga to boʻldi madxal,
Torilmas mushkile men qilmagʻon hal.
Muning ham bilmaguncha aslu budin,
Muayyan qilmagʻuncha toru rudin
Ne imkonkim qaror oʻlgʻay koʻngulga,
Tasalli oshkor oʻlgʻay koʻngulga».
Nechakim shoh uzrangez boʻldi.
Aning savdosi koʻrroq tez boʻldi.
Nechakim shoh etib koʻrrak taammul,
Boʻlub shahzoda koʻrrak betahammul.
Shah aylab necha ul ishga nazora,
Torilmay rostligʻdin oʻzga chora.
Dedikim, quflin oning ochtilar bot,
Ichidin chiqti bir raxshanda mir’ot.
Safo bobida mehri xovariy ul,