Xaloyiq ustida kishvarxudoliq.
Manga shahliqda qulluq ham qil emdi,
Atoliq ham, oʻgʻulluq ham qil emdi.
Nekim elning salohidur, oni qil,
Mening budur salohim, emdi sen bil.
Bu bazm ichra chu koʻrdi shohzoda
Ki, achchigʻ tutti behad shoh boda.
Oningdek chekti ohi otasholud
Ki, yetti ohidin koʻk saqfigʻa dud.
Topib ul nuktadin ozor yigʻlab,
Oʻzin tufroqqa soldi zor yigʻlab.
Dedi gardungʻa tortib ohi jonkoh
Ki: «Koʻp yillar tirik boʻlsun shahanshoh.
Sariri charx boʻlsun taxti johi,
Fuzun anjum sirohidin sirohi.
Nishoti bogʻi har kun toza boʻlsun,
Guli aysh onda beandoza boʻlsun.
Qoʻlidin tushmasun jomi Kayoniy,
Ichinda may ziloli zindagoniy.
Bu soʻzlarniki shah qildi xitobim.
Ne dermen menki, ne boʻlgʻay javobim.
Turub ma’razda soʻz haddimni bilmon,
Javob ayturgʻa oʻz haddimni bilmon.
Necha tufrogʻ esa jismi haqirim,
Vale bir-ikki soʻzdin yoʻq guzirim.
Biri ulkim, chu yoʻq umr e’timodi,
Yigit-qarigʻa tengdur zulmu dodi.
Vale olamda harne boʻlsa mavjud,
Baqosigʻa erur bir nav’i ma’hud.
Qayu mash’alki bazm aylar muzayyan,
Uchar yuz ming sharar, ul shu’la ravshan.
Giyah yuz ming boʻlur boʻstonda barbod,
Vale yuz yil turar bir sarvi ozod.
Boʻlur yuz rushta homun sel chogʻi,
Turar oʻz oʻrnida Alburz togʻi.
Kichiklarga kichikdur umr asosi,
Ulugʻlargʻa ulugʻroqdur qiyosi.
Yana bir buki, umr ar torsa yuz yil,
Chekarmu rashsha, har nekim chekar ril.
Uqobu Kuykanakni qilsalar qayd
(2)
,
Qachon qilgʻay aning saydini bu sayd.
Agarchi arsa xoli qolsa mutlaq,
Tutarmu anda shoh oʻrnini baydaq.
Quyosh magʻrib sori yoshursa diydor,
Tuman ming zarradin bir yoʻq radidor».
Surub bu nuktalarni shohzoda,
Atoning shavqini qildi ziyoda.
Dedi Xoqonki: «Yey sham’i farogʻim,
Farogʻu sham’ yoʻq, ravshan qarogʻim.
Hadising lutfi yuz ming jondin ortuq,
Ne jonkim, chashmai hayvondin ortuq.
Bu soʻzlar gavhari durjinki ochting,