Boʻlub el anduhidin koʻngli gʻamnok,
Yoqo chokin Koʻrub, koʻksin qilib chok.
Birovkim ishqdin qilsa rivoyat,
SOʻpub har dam mukarrar ul hikoyat.
Tafahhus aylab andin koʻp nishoni,
Nishonin koʻnglida asrab nihoni.
Visol ichra zamirin shod topib,
Alamdin xotirin ozod topib.
Yetishgach hajr sharhi zor yigʻlab,
Iki koʻz aylabon xunbor yigʻlab.
Chu xoqon oʻz ishin nazzora qildi,
gʻalat torti, nechakim chora qildi.
Yengib ul hol aro hayronligʻ oni,
Qilib sargashta sargardonligʻ oni.
Qadahsiz, soqiyo, hayronmen asru,
Yevur sogʻarki sargardonmen asru.
Koʻngulga ishq oʻti solgʻoch sharora,
Anga yoʻq may suyidin oʻzga chora.
[XVIII] Xoqonning xonligʻ tojin oʻz gavhari bila arjumand sarmoya qilurning mojarosi va jahonbonliq
taxtin oʻz naqdi bila balandroya etarning muddaosi va oʻz qarigʻonidin boshi oqorgʻon
sarguzashtin demoq va koʻzi adam uyqusigʻa mayl qilgʻon afsonasin aytmoq va Farhodning toj
soyasidin boshin qochurub, taxt royasidin ayogʻin yashurmoq va boshin xoqon taxti ayogʻiga
qoʻyub uzr aytmogʻi va uzri boshtin ayoq Xoqon koʻngliga yoqib oʻz soʻzidin qaytqoni
Bu kishvar uzra urgʻon koʻsi shohi,
Bu oyin birla tuzdi soʻz sirohi
(1)
Ki, xoqon har nechakim chora qildi,
Qazo ichra oʻzin bechora bildi.
Koʻrub Farhod togʻi avjini tund,
Qilib ul togʻ royi tigʻini kund.
Oʻzin solmay yana bir fikr etib soz,
Bu yangligʻ boʻldi ishga chorarardoz
Ki, chun qilmish kuhulatdin tajovuz,
Kibar mehrobigʻa qoʻymish yoshi yuz.
Yana Farhod boʻlmish navjavon ham,
Xiradmandu rashidu rahlavon ham.
Yoʻq ulkim Chinda xoqonliqqa loyiq,
Bori olamda sultonliqqa loyiq.
Nekim shahligʻ aro shoyist boʻlgʻay,
Kim ul shahlargʻa darboyist boʻlgʻay,
Yaratmish Haq aning zotida borin,
Ayon qilmay kerakmas ish gʻuborin.
Erur bori hunar ichra kamoli,
Tamomi ayblardin zoti xoli.
Yigʻiyu nolau afgʻondin oʻzga
Ki, yoʻqtur hech aybi ondin oʻzga.
Birovkim torsa shahligʻdin rayosat,
Tuzuk boʻlmas ishi qilmay siyosat.
Chu koʻngli bor aning riqqatgʻa moyil,