Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
62 
library.ziyonet.uz/ 
 
Chekib koʻnglidin ohi bexudona.  
Malomat aylabon aytay desa rand,  
Koʻrubkim, rand eshigin aylamish band.  
Ne soʻzdin istasa tutmoq qoʻlini,  
Koʻrubkim bogʻlamishdur soʻz yoʻlini.  
Ajab nav’ onglabon ul surati hol,  
Qolib ojiz dam urmoqdin, boʻlub lol.  
Vujudin aylabon bu shu’la nobud,  
Yetib koʻk gunbadiga ohidin dud.  
Koʻzi bu dud ranjidin yoshorib,  
Qupub yigʻlayu shoh olligʻa borib.  
Tilab xilvat, kirib xoqon qoshigʻa,  
Mudovo aylay olmay koʻz yoshigʻa.  
Koʻrub ayturda ranji benihoyat,  
Qilib har ne eshitkanni hikoyat,  
Chu onglab shoh aning bu mojarosin,  
Urub koʻksiga, chok aylab yaqosin.  
Ikav ul mehnati anbuh birla,  
Base yigʻlashtilar anduh birla,  
Chu koʻp qildi jaza’ shohi zamona,  
Oʻpub tufrogʻni dasturi yagona.  
Boʻlub dardigʻa bir-bir chorarardoz,  
Nasihat qildi sokin-sokin ogʻoz  
Ki: «Shoho, har ne sabt oʻldi qazodin,  
Torilmas choraye oʻzga rizodin.  
Bukun chun shah zamonning a’qalidur,  
Munavvar koʻngli davlat mash’alidur
(1)
.  
Ne hojat aytmoqkim chun tushar ish,  
Jaza’din behdur oʻlmoq choraandish.  
Xirad gar boʻldi ersa chorarayvand,  
Natija choradin torqay xiradmand.  
Gar oʻlsa choragʻa taqdir mone’,  
Kerak boʻlmoq qazo hukmigʻa qone’».  
Dedi shah: «Yey saodat sham’i roying,  
Koʻngul oromi nutqi dilkushoying.  
Kishi oʻz jonidin toʻymoq boʻlurmu,  
Ani mundoq bila qoʻymoq boʻlurmugʻ  
Koʻngul dardigʻa darmondur nasihat,  
Qiloli ulcha imkondur nasihat.  
Agar xud torti taskin davlat oʻldi,  
Koʻngulga komu jongʻa rohat oʻldi.  
Asar qilmasdek oʻlsa koʻngliga rand,  
Boʻloli har ne Haqdin kelsa xursand».  
Bu soʻz birla yana Xoqonu dastur,
(2)
  
Taraddud qildilar behaddu maqdur.  
Base har nav’ tadbir ayladilar,  
Torilmay naf’, tagʻyir ayladilar.  
Chu sa’b erdi ishida orzuxoh,  
Nasihatgoʻga boʻldi orzu koh.  
Necha til guftugoʻsi koʻrrak oʻldi,  
Aning ul orzusi koʻrrak oʻldi.  
Chu Xoqon chorasidin boʻldi ma’yus.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin