Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
70 
library.ziyonet.uz/ 
 
Hamul oʻt dudi yangligʻ rechu tobi.  
Damidin shu’la sekrib pora-pora  
Ki, ondin olam oʻrtab har sharora.  
Tutun yangligʻ dami abri kasofat,  
Shararlar anda har bir barqi ofat.  
Tani ranju baloning koʻhsori  
Va lekin ogʻzi ul koʻhsor gʻori.  
Oʻtu rechida dud ul gʻor ichinda,  
Aningdekkim, oʻzi koʻhsor ichinda.  
Uzolgʻon togʻdek andomi oning,  
Vale yoʻq seldek oromi oning.  
Oʻzi xud togʻu tumshugʻdek anga bosh,  
Vale tumshugʻkim ul boʻlgʻay qaro tosh.  
Boʻlub ikki koʻzi nazzora chogʻi,  
Nechukkim naftning oʻtlugʻ bulogʻi
(1)
.  
Teshuklar burnida vahshat tanuri,  
Tanuri yoʻqki, naft oʻtigʻa moʻri.  
Ne oʻtkim ogʻzidin tortib zabona,  
Boʻlub nafti yorutqondin nishona,  
Falakraykar tani koʻhi baloye,  
Qoʻlu but har biri bir ajdahoye.  
Ajal sarranjasidek toʻrt ranja,  
BErurdek yetti gardungʻa shikanja.  
Boʻlub har ranjaning tirnogʻi besh dos  
Ki, hiddat ichra har dos oʻlgʻay olmos.  
Kelib xokistari a’zosi rangi,  
Kemurdek nuqtalar birla ralangi.  
Chiqorib quyrugʻin gardungʻa har dam,  
Aningdek berk urub homungʻa har dam  
Ki, tiyra aylabon olamni gardi,  
Boʻlub kuhli sirehri lojuvardi.  
Bu hay’at birla chiqti gʻordin tez,  
Tishi xunrezu ogʻzi otashangez.  
Koʻzi tushkan zamon shahzoda sori,  
gʻazabdan qolmayin sabru qarori.  
Yuz urdi ul sori andogʻ gʻazabnok  
Ki, jon qasdigʻa ajdarhoyi aflok.  
Ochib ogʻzin balo darvozasidek,  
Tomugʻ otashgahi andozasidek.  
Dami oʻt sochmoq etti oshkoro  
Ki, avval tu’masin qilgʻay muharro.  
Chu rishti aylagay bir luqmai xom,  
Berib oʻz luqmagohi ichra orom.  
Muni tuz totmoq onglab ishtahosi,  
Keyin, qolgʻon cherik boʻlgʻay gʻizosi.  
Chu oʻtdin yoʻq edi shahzodagʻa bim,  
Hamul yangligʻki tormish erdi ta’lim.  
Oʻti chun boʻlmadi ul dam asarliq,  
Anga boʻldi fuzun shoʻridasarliq.  
Ochib ogʻzin yutargʻa ayladi xez,  
Qilib Haq yodini shahzoda ham tez.  
Chekib qavsi quzahni bedarangi,  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin