ul ganjda ajdaho monand qilich bila halqa urgʻon yilondek qalqonni iliklab ul ganjni atosi bila
xayligʻa nisor qilmogʻi
Kecha dudini surgach tong nasimi,
Chiqordi subh ganji lavhi simi.
Quyosh tun gʻoridin boʻldi ravona,
Nechukkim ajdar ogʻzidin zabona.
Niyoz ashkin toʻkub Farhodi gʻamnok,
Burun ul suv bila gʻusl aylabon pok.
Ne ta’limiki qilmish erdi dono,
Borigʻa korband oʻldi hamono.
Qoʻyub tufroqqa yuz, aylab tazarru’
Xudoyidin qilib nusrat tavaqqu’.
Atosining ayogʻigʻa qoʻyub bosh,
Duoyi himmat istab oqizib yosh.
Ato aylab yoqosin choku yigʻlab,
Boʻlub bori ulugʻ gʻamnoku yigʻlab.
Bihillik istabon ozoda shahdin,
Dema shahkim, bori xaylu sirahdin.
Sirohu shoh figʻoni tez tortib,
Falak javfida rustoxez tortib.
Boʻlub ul oʻylakim shohi kavokib,
Falakvash ajdahoraykargʻa pokib.
Silohi razm aro ul nav’ oʻlub gʻarq
Ki, ondin to quyosh charx aylamay farq.
Ul ahvoligʻa istab Haqni yovar,
Hamul manzil sari surdi takovar.
Ato ul nav’ koʻrgach oʻgʻli holin,
Yurudi keynicha tortib yasolin.
Chu raxshi qildi ul yon roʻya raydo,
Boʻlub ajdar alomoti huvaydo.
Kelib olligʻa dashti oʻylakim qir,
Degilkim, qildi yoʻl azmigʻa shabgir.
Firoq ayyomidek zulmot monand,
Topib zayli ajal shomigʻa rayvand.
Xabar deb rangi hijron olamidin,
Qarorib dasht ajdarho damidin.
Botib kul ichra raxshi qilgoch ohang,
Qilib ul gard gulgunini shabrang.
Yetishti bir ufunatliq nasime
Ki, qilgʻay atri jannatni jahime.
Koʻp el, ul atrdin es tarki qildi,
Cherikning koʻrragi otdin yiqildi.
Qilib Farhod berk oʻz bagʻrigʻa tish,
Oʻzin solmay, chu tushmish boshigʻa ish.
Koʻrungach ajdahoning tiyra gʻori,
Azimat qildi oning gʻori sori.
Yetishgach el nasimi ajdahogʻa,
Ajal goʻyo sinon urdi balogʻa.
Mahobat birla chiqti gʻor ichidin,
Balodek gunbazi davvor ichidin.
Tomugʻning shu’lasidek iztirobi,