Damidin qilgʻusi otashfishonligʻ.
Birida Ahraman aylab sitam fosh,
Havodin boshigʻa yogʻdurgʻusi tosh.
Suhaylo hikmatoyini rasadband
Ki, ul boʻlgʻusi mendin soʻnggi farzand.
Qabul etsun duo birla salomim,
Soʻngida boʻyla fahm etsun rayomim
Ki, bu maqsadgʻa qasd etkanda Farhod,
Aning maqsudigʻa koʻrguzsun imdod.
Ul ishga mayl koʻp shah qilgʻusidur,
Vale Farhoddin ochilgʻusidur.
Suhaylo ham bu maxfiy sirni bilsun
Ki, gar qilsa madad, bu birga qilsun.
Chiqar, ajdarni oʻldurganda Farhod,
Aningdek ganjkim olam boʻlur shod.
Topar chun devni qatl etti, kini,
Sulaymoni nabining xotamini
(6)
.
Tilism ul kunki ochgʻay bemadoro,
Boʻlur Jamshed jomi oshkoro.
Bularni qilsa davlat ongʻa taslim,
Barisin aylasun Xoqongʻa taslim.
Anga Suqroti dono manzari bas,
Yana Oyinai Iskandari bas.
Olib Suqrotdin ul ishda talqin,
Ravon koʻzguga boʻlgʻay ozimi Chin.
Koʻrub koʻzguda nekim, koʻrgusidur
Ki, davron boshigʻa kelturgusidur».
Chu dono munda tortib soʻz xitobin,
Chekib vallohu a’lam bissavobin:
«Men ul raygʻomdinkim muftaxirmen,
Necha yuz yil dururkim muntazirmen.
Qilibmen borcha mushkullargʻa tadbir
Kim, ul kelgusidur ollinggʻa bir-bir».
QOʻpub ul gʻor reshonigʻa bordi,
Tutub ilgiga bir zarfe chiqordi.
Dedi: «Bu zarfkim mar’i boʻlodur.
Samandar
(7)
yogʻidin bilkim toʻlodur.
Koʻp otashgoh oʻtidin tormisham dogʻ
Ki, to jam’ aylamishmen bu qadar yogʻ.
Chu ajdar birla boʻlgʻungdur hamovard
Ki, andin chiqqusi aflok uza gard.
Bu yogʻdin surtub avval oʻz taninggʻa,
Samandar hamlaligʻ xopokaninggʻa
Ki, ajdar birla razm etgan zamonda,
Bu yogʻ oʻtdin seni tutqay amonda.
Chu ajdar oʻlgay ilgingdin Koʻrub ranj,
Sanga boʻlgʻay nasib ul ranjdin ganj.
Aningdek koʻrguzur axtar hisobi,
Yana kashfu riyozat iktisobi
Ki, ul ganj ichra torqungdur gʻaroyib
Ki, torqay Ahraman ondin navoib.
Falak chun Ahramangʻa tutsa motam,