Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (I- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
43 
library.ziyonet.uz/ 
 
Gahi eldin qilib andesha rinhon,  
Olur erdi qoʻligʻa tesha rinhon.  
Qilib bir damda oncha ish nihoni  
Ki, qilgʻay oʻzgalar bir oyda oni.  
Bu erdi har kun oning ishtigʻoli  
Ki, to ul reshada boʻldi kamoli.  
Chu boʻldi toʻrt yil gardun mururi,  
Yasoldi toʻrt firdavsu qusuri.  
Tashida qildi Qoran san’atu soz,  
Ichinda boʻldi Moniy naqshrardoz.  
Hamon alvon bilakim tushti taqrir,  
Tuzatti har bir evga naqshu tasvir.  
Qalamzangʻa
(3)
 boʻlub surmak qalam fan,  
Yonida korfarmo
(4)
 ham qalamzan.  
Qayu suratki Moniy qildi timsol,  
Anga Farhod ochti chehra filhol.  
Bu ishni dogʻi oz fursatda qildi,  
Aningdekkim, kerak alqissa bildi.  
Ul evlarga tuganguncha ichu tosh,  
Ham oʻldi xorabur, ham boʻldi naqqosh.  
Bularni qoʻyki, har ustodi mohir  
Ki, qildi san’atin ul evda zohir,  
Chu har yon mayli bir dam zohir oʻldi,  
Ul ishda ustodi mohir oʻldi.  
Butub alqissa har bir qasri oliy,  
Yasaldi bogʻlari jannat misoli.  
Bahoriy ravza torqoch zebu tazyin,  
Ichu toshigʻa gulgun boʻldi oyin.  
Boʻlub suratlariga chehra gulrang,  
Qilib gulzor aro ishratqa ohang.  
Gileme solinib gulgunu zebo,  
Yasolib koʻrgasi gulrang debo.  
Boʻlub gulrang ravzan, tobadon ham,  
Eshik gulrang, balkim oston ham.  
Butub havzeki andin ruh olib qut,  
Ushoq tosh tegrasida la’lu yoqut.  
Boʻlub gulrang may havz ichra to lab,  
Arigʻlardin dogʻi oqib labo-lab.  
Ochilgʻon har taraf bir gulshani gul,  
Oʻkulgan har sori bir xirmani gul.  
Kezib gulchehralar har sori mavzun,  
Kiyib boshdin-ayoq deboyi gulgun.  
Yana bir ravza tobistoni uslub  
Ki, keldi qasri miynorangu margʻub.  
Topib ul dogʻi axzar zebu oro,  
Qolib sargashta andin charxi xazro.  
Yeri uzra sarosar sabza navbar,  
Chamanlar sarbasar sarvu sanavbar.  
Qushi toʻti, ne toʻtikim surushe,  
Malakdek hulla birla sabzroʻshe,  
Ravon bir shoʻxi sabzorang har yon,  
Tutub bir jomi miynorang har yon.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin