O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV O‘zbekistonda soliq imtiyoziga ega bo‘lgan korxonalar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 2022-yil birinchi chorak holatiga soliq imtiyoziga ega bo‘lgan korxonalar haqidagi ma’lumotlar
Ma’lum bo‘lishicha, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartiblarga asosan mazkur davrda mamlakatda jami 44 183 ta korxona soliq imtiyozlaridan foydalangan bo‘lib, uning umumiy qiymati 9 trln so‘mdan ziyodni tashkil etadi.
Soliq imtiyozlari 7 turdagi soliqlar bo‘yicha berilgan va ularning salmoqli qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hissasiga to‘g‘ri keladi (93,5 foiz).
Keyingi o‘rinlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (1,6 foiz), foyda solig‘i (1,6 foiz), yer solig‘i (1,3 foiz), ijtimoiy soliq (1 foiz), mol-mulk solig‘i (0,6 foiz) va aylanmadan olinadigan soliqlar (0,3 foiz) joy olgan.
Soliq imtiyoziga ega bo‘lganlar ro‘yxatida mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan soliq to‘lovchilar mavjud. Ro‘yxatda davlat korxonalari, xususiy tadbirkorlik subyektlari, qo‘shma korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari hamda xorijiy kompaniyalar qayd etilgan.
Sohalar kesimi bo‘yicha tog‘-kon sanoati, bank, transport, farmatsevtika, kommunal xizmat ko‘rsatish, neft-gaz qazib chiqarish, energetika, sug‘urta, tibbiyot, qurilish, dam olish, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritgan korxonalar imtiyozlardan foydalangan.
Eng ko‘p qo‘llanilgan imtiyoz jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘lib, undan 16 565 ta yoki 37,7 foiz korxona foydalangan.
Eng kam imtiyoz qo‘llanilgan soliq turi esa foyda solig‘i sanaladi, ushbu imtiyozdan 772 ta yoki 1,7 foiz korxona foydalangan.
Eng ko‘p miqdorda soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan top-20 korxonalar: