FarPI Energetika fakulteti 36-21 E guruh talabasi Ismoilov
Suv energiyasi (gidroenergiya)
tog‘larda yomg‘ir yog‘sa yoki muz va qor erisa, suvi pastga qarab buloq, jilg‘a, suv o‘zanlaridan oqadi, yuqoridan pastga daryo hosil qilib, dengiz va okeanga qo‘shilib ketadi yoki sahrolarda singib yo‘qoladi. Odamlar oqar suv va tepadan tushayotgan suv energiyasini o‘zlari uchun mexanik yoki elektr energiyasi sifatida ishlatganlar. Qadimda donni yanchish va un olish uchun yoki yerlarni sug‘orish uchun odamlar suv tegirmon toshiga bog‘langan yog‘och g‘ildiraklarni aylantirishdan foydalanganlar. Bugun suv energiyasi, katta va kichik gidroelektrostansiya (GES) turbinalarini aylantirib, to‘liq elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalanilmoqda. Gidroelektrostansiyaning ishlash jarayoni quyidagicha: daryolarda ma’lum bir suv sathlari hosil qila olinadigan, ensiz joyda to‘g‘on quriladi. Natijada suv sathi ko‘tariladi, demak, potensial energiyasi ham oshadi
Ko‘tarilgan suv maxsus quvur (kanal)lar orqali turbinalarga yuboriladi va tushayotgan suv energiyasi hisobiga turbina o‘qi aylanma harakat qiladi. Turbina o‘qiga generator o‘rnatilgan bo‘lib, o‘q aylanishi bilan generator elektr toki ishlab chiqara boshlaydi. Ishlab chiqilgan elektr energiyasi maxsus transformatorlar yordamida kuchaytirilib, simlar orqali iste’molchilarga yuboriladi. Turbinalardan o‘tgan suv esa pastki kanal orqali oqib ketadi. Gidroelektrstansiyalarning quvvati ( N ) quyidagi formula orqali ifodalanadi:
bu yerda h – suv sathining balandligi (suv bosimi), m t – vaqt birligi ichidagi suv
sarfi, g = 9,8m/ s2 . Mamlakatimiz hududida tog‘li tumanlarda joylashgan aholi hududlarida kichik suv oqimlari mavjud. Bu kichik suv oqimlariga 10 dan 1000 kW quvvatli kichik elektrostansiyalari qurish uzoq tuman va qishloqlar aholisini zarur miqdorda elektr energiyasi bilan ta’minlashga imkon beradi. 17 O‘zbekistonda o‘rnatilgan elektrostansiyalarning quvvati 12,4 mln. kW, shundan 12 mln. kWini «O‘zbekenergo» kompaniyasining 39 ta issiqlik va gidroelektrstansiyalari tashkil etadi. Hosil qilingan elektr energiyaning asosiy 90 foizga yaqin 10,6 mln. kWini kompaniyaning 10 ta issiqlik elektrostansiyalari, 1,4 mln. kW ini 29 ta gidroelektrostansiya (GES)lar ishlab chiqaradi.
. Mamlakatimiz hududida tog‘li tumanlarda joylashgan aholi hududlarida kichik suv oqimlari mavjud. Bu kichik suv oqimlariga 10 dan 1000 kW quvvatli kichik elektrostansiyalari qurish uzoq tuman va qishloqlar aholisini zarur miqdorda elektr energiyasi bilan ta’minlashga imkon beradi. 17 O‘zbekistonda o‘rnatilgan elektrostansiyalarning quvvati 12,4 mln. kW, shundan 12 mln. kWini «O‘zbekenergo» kompaniyasining 39 ta issiqlik va gidroelektrstansiyalari tashkil etadi. Hosil qilingan elektr energiyaning asosiy 90 foizga yaqin 10,6 mln. kWini kompaniyaning 10 ta issiqlik elektrostansiyalari, 1,4 mln. kW ini 29 ta gidroelektrostansiya (GES)lar ishlab chiqaradi.