Farpi energetika fakulteti 36-21 e guruh talabasi Ismoilov Izzatilloning elektrotexnika fanidan tayyorlagan taqdimot ishi



Yüklə 303,37 Kb.
səhifə4/6
tarix18.07.2023
ölçüsü303,37 Kb.
#136795
1   2   3   4   5   6
FarPI Energetika fakulteti 36-21 E guruh talabasi Ismoilov

Geotermal energiya

  • Yer yuzasi Quyosh singari issiqlik energiyasini nurlantiradi. Bu energiya geotermal energiya deb atalib, u odamlarni ehtiyojini issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Uni ishlab chiqarish atrof-muhitni ifloslantirmaydi, ya’ni ekologik toza hisoblanadi. Yer ostidagi issiq suv, issiq havo yoki bug‘larning geotermal energiyalaridan, hozirgi texnologiyalar asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish va xonani isitish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish (issiqxonalarda) maqsadida foydalanish mumkin. Geotermal energiya yerda yonuvchi gazlar va kosmik changlar aralashishi natijasida 4 milliard yil avval paydo bo‘lgan. Yer yadrosinining 6,5 ming kilometr atrofidagi chuqurligida harorat 5000 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin. Qadimda odamlar yer ostidan otilib chiqqan qaynoq va issiq suv manbalaridan foydalanganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu shifobaxsh suvlardan boshqa maqsadda ham foydalana boshlashgan. Qadimgi rimliklar Pompey shahrida geotermal suv yordamida o‘z binolarini isitish tizimini yaratishgan. Amerikalik hindular esa deyarli 10000 yil avval issiq suv manbalaridan ovqat pishirish uchun foydalanganlar. O‘zbekiston hududida ham geotermal suvlardan foydalanish imkoniyatlari juda katta.

Biomassa

  • Chiqindini achitish va undan hosil bo‘lgan gazni yoqish natijasida olinadigan energiyadir. Amalda esa biomassa bu chiqindi. Qurigan daraxt yoki ularning shox-shabbasi, tomorqadan poliz o‘simliklarining ildizpoyalari, yog‘och qobig‘i va qirindilari kabilardir. Bunday chiqindilar tarkibi chorva fermalarida ozuqa va to‘shama sifatida ishlatiladigan somon hamdir. Ko‘proq miqdorda qishloq xo‘jaligi ekinlari: don, paxta, makkajo‘xori va boshqa ekinlar chiqindilari ham biomassa bo‘lishi mumkin. Odatda uyimizdan chiqqan, maishiy chiqindilar chiqindixonaga chiqarilib, ko‘mib tashlanadi. Maishiy chiqindi ham biomassaning bir turi, undan ham 18 bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Biomassadan foydalanish juda oddiy. Maxsus pechlar yoqilib, qozonlarda suv isitiladi va bug‘ga aylantirilib, elektr energiyasi olish uchun turbinalarni aylantiradi. Biomassa energiyasi biomassani chiqitga chiqarish, biogaz olish va foydalanish energetikaning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Biomassa manbalariga qattiq maishiy, sanoat chiqindilari, shaharning loyqa va oqava suvlari, chorvachilik chiqindilari, o‘simlik qoldiqlari, o‘rmon mahsulotlari, xususan, yog‘och tayyorlash va jo‘natishda ishlab chiqarishdagi, yog‘och, qog‘oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, biomassadan olinadigan energiya O‘zbekiston energetika ehtiyojining 15 – 20 foizini qondira oladi. Energiya ishlab chiqarishning bunday usuli, ma’lum darajada atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini hal etishda mamlakat qishloq xo‘jaligini yuqori sifatli o‘git bilan ta’minlaydi. Chiqindixonada biomassadan to‘gridan-to‘g‘ri biogaz olishda foydalanish mumkin. Chiqindining chirishi davomida metan gazi (CH4 ) ajralib chiqadi. Ular quvurlarda to‘planib, issiqlik elektrostansiyasiga yuboriladi, u yerda aralashma tabiiy gaz bilan qo‘shilib, elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi

Yüklə 303,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin