F. Musajonov adabiy ijodining boshlanishi 50-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. O‘z ijodini bolalarga she’r va hikoyalar yozishdan boshlaydi. “Daradagi qishloqda” deb nomlangan birinchi hikoyasi 1956-yilda chop qilingan. Uning “Oftobni quvalab”, “Bo‘sh kelma, Aliqulov!”, “Bir qultum buloq suvi” kabi qissalari va oltmishga yaqin hikoyalari mavjud.

Ayni chog‘da u kattalar uchun ham “Bu ko‘zlarga ishonsa bo‘ladi”, “Zo‘raki kashanda” kabi asarlarni yaratgan. Bundan tashqari, F.Musajonov dramaturg sifatida “Oq kabutar”, “Najot istab”, Hamza teatrida qo‘yilgan “Olifta”, “Xizmatingga hozirman”, “Talvasa” kabi dramalarni yozadi.

Shuningdek, “Jazirama oftob ostidagi uy”, “Birovning boshi”, “Minoralar ostidagi sirk”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Huvaydo”, “Askiya”, “Qiziqchi”, “So‘nmas ziyo” kabi senariylar muallifi hamdir. Uning “Dushanba, nonushtadan so‘ng” (1974), “Bog‘ ko‘chamni qo‘msayman” (1977), “Qilich va shamshir”, “Ko‘rgulik”, “Qilich va soz” (2000), “Lafz” (2003) kabi qissalari o‘z o‘quvchisiga ega.
Farhod Musajonov taniqli bolalar adibi sifatida kichkintoylar uchun qator hikoyalar yozdi. Uning “Sovg‘a”, “Yaxshilik”, “Saxiy bog‘bon”, “Yomg‘ir” hikoyalari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota oladi. Aytaylik, “Yaxshilik” hikoyasining qahramoni Erkin ismli maqtanchoq bola. U ko‘chada o‘ynab yurib, qo‘shnilari Pirmat boboning tuguncha ko‘tarib kelayotganini ko‘rib qoladi va hovliqib o‘rtog‘iga maqtanadi: