Farzand tarbiyasida ota-onaning roli
O’g’iloy Mo’minjon qizi Madaminova
Namangan davlat unversiteti
Annotatsiya: Ushbu maqola farzand tarbiyasi va unda ota-onaning o’rni,
ma’suliyati hamda vazifa va burchlari masalalariga bag’ishlanadi. Shuningdek ushbu
maqolada farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko’rsatma va bilimlar
jamlanmasi emas, balki o’z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya,
pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayon
ekanligi ta’kidlangan. Shu boisdan bu kichik tadqiqot tarbiyachilar, pedagoglar,
psixologlar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.
Kalit so’zlar: oila, jamiyat, ota-ona, burch, tarbiya, xulq-atvor, sog’lom avlod,
psixologiya, ma’naviy yetuklik.
The role of parents in raising a child
Ogiloy Mominjon kizi Madaminova
Namangan State University
Abstract: This article is devoted to the issues of child upbringing and the role,
responsibility, tasks and duties of parents in it. Also, in this article, it is emphasized
that child education is not just a collection of experience, simple instructions and
knowledge, but a complex process that includes knowledge in the fields of religious
and moral knowledge, medicine, ethics, psychology, pedagogy. Therefore, this small
study is important for educators, pedagogues, psychologists and parents.
Keywords: family, society, parents, duty, education, behavior, healthy
generation, psychology, spiritual maturity.
Xalq pedagogikasi barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha
masalalarni o ‘zida mujassam etgan. Shunga ko’ra barkamol shaxs vatanparvarlik,
insonparvarlik, mehnatsevarlik, ahllik, ilm va kasb-hunarga mehr-muhabbat,
adolatlilik, ziyraklik, tashabbuskorlik, e tiqod va sadoqatlilik, oqibatlilik, odoblilik
kabi fazilatlarga ega bolishi, shu bilan birga chuqur ilm egallashi, vaqtning qadriga
yetishi, xalq udumlari va milliy urf-odatlarini yaxshi bilishi va qadrlashi, diniy
ta’limotlarni to ‘g ‘ri tushunishi, muomala odobi va kiyinish madaniyatiga rioya
qilishi lozimligi uqtirilgan. Bu fazilatlaring aksi bo’lgan nodonlik, badxulqlilik,
manmanlik, qo’rqoqlik, yolg’onchilik, odobsizlik, insofsizlik, sabrsizlik, baxillik,
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
978
kibru havo, hasadgo’ylik, farosatsizlik kabi illatlardan xoli bo’ lishi talab etilgan. Ana
shu ijobiy fazilatlani yoshlar tarbiyasiga singdirish va illatlardan yiroq tutish yoki xoli
qilish bo’yicha xalq pedagogikasida qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud.
O’git-nasihat qilish, ibrat-o’rnak ko’rsatish, rag’batlantirish va qoralash kabi
metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo’llab kelgan bo’lib, uning quyidagi ijobiy
shakllari:
➢ tushuntirish;
➢ o’rgatish, mashq qildirish;
➢ odatlantirish;
➢ kun tartibini rejalashtirish;
➢ yaxshi xislat va ishlarga undash;
➢ istak bildirish;
➢ maqtash;
➢ olqish aytish;
➢ duo qilish;
➢ alqash;
➢ tasalli berish;
➢ m ukofotlash, taqdirlash;
O’zbek xalq pedagogikasida bolalarda ijobiy fazilatlarni, tarbiyani shakllantirish
uchun birinchi navbatda oila a’zolari ota-ona, aka-uka, opa-singil va oilada kattalarga
bo’lgan mehr-muhabbat hissini tarbiyalash zarurligiga amal qilingani ko’rinadi.
Oilada bolalarning kattalarga bo’lgan mehribonligi tarbiya natijasidagina tarkib
topadigan ma’naviy fazilat ekanligi ta’kidlanadi.Tarbiyani insonga yetkazishda ota-
onaning o’rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta’kidlaydilar.
Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va
sallam): “Har bir tug’ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug’iladi. Bas, ota-onasi
uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya’ni
biologik omil insonni shakllanishida asosiy o’rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi
G’arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini
bilib olamiz. O’rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson
tarbiyasiga ta’sir etadigan omillar ahamiyatiga e’tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: Munosib
inson bo’lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor.
Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda
axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo’ldir...”
deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o’rniga alohida to’xtalib: “Bola
tug’ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo’yishi, so’ng uni yaxshilab tarbiya qilishi
kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo’ladi”
degan fikrni ilgari suradi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
979
Inson yaralibdiki o’zining oilasida tarbiyalanadi. Onalar farzand tarbiyasida
hamisha oilada muhim o’rin tutganlar. Farzand tug’ilgandan keyin ham otasi ish yoki
boshqa sabablar bilan ko’p vaqt uyda bo’lmaydi, tarbiyaga doir zarur og’itlar,
ko’rsatmalar bergan holda, asosiy ishi moddiy ta’minot bo’lib qolaveradi. Illo, ona
soliha, ilmli bo’lsa, farzandi kelajakda buyuk inson bo’lib yetishishi uchun astoydil
harakat qiladi. Agar "nega farzand tarbiyasi yolg’iz mening zimmamda bo’lar
ekan?!" deya u ham tarbiya bilan shug’illanmasa, nafaqat bir bolaning balki butun
boshli millatning kelajagini barbod qiladi.
Ulug’larimiz hayotiga nazar soladigan bo’lsak, ularning onalari hatto otlari vafot
qilganda ham moddiy ta’minotni o’z zimmalariga olishgan, han farzand tarbiyasi
bilan shug’ullanishgan. Yillar davomida chekilgan zahmat natijasida Imom Ahmad,
Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar yetishgan. Abdurauf Fitrat "Rahbari najot"
asarida shunday yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o’sha rangda
tovlangani kabi bolalar ham shunday muhitda bo’lsalar, o’sha muhitning har qanday
odat va axloqini qabul qiladilar. Abdurauf Fitrat "Rahbari najot" asarida shunday
yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o’sha rangda tovlangani kabi bolalar
ham shunday muhitda bo’lsalar, o’sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul
qiladilar.
Onaning tarbiya maskani zararga yo’liqsa, nasllarda o’nglanmaydigan yaralar
ochiladi, onani yuqotadi. Farzandning ilk tarbiya makoni onaning ko’ksidir. Bolaning
dunyo va ohirat hayotiga bog’liq bilimlarga ona mehru muhabbati bilan berilishi eng
go’zal tarbiya shaklidir. Bolaning tarbiyalanishida ota-onalar o’z farzandlariga
ma’naviy merosimiz bo’lgan milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, udumlarning
o’ziga xosligini asta sekinlik bilan tushuntirib borishga ma’suldirlar. Zeri,
yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon
e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir”.
Farzandning tarbiyalanishida ota-onalar diniy ta’limotlarga ham alohida
ahamiyat berishlari lozim. Diniy tarbiyada bola Vatanga muhabbat bilan ajdodlarga
sadoqat ruhida tarbiyalanadi. Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo
Ulugbek shunday deganlar: "Oilada ota-onalar ayniqsa o’qimishli ota-onalar o’z
farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim".
Shunday ekan, har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga ko’proq e’tibor berishi,
ularga alohida vaqt ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin
yo’latmasligi lozim ekan. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida albatta ota-bobolarning
fikrlariga e’tiborli bo’lishlari kerak. Ana shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat
qiladigan, ularga ikki dunyoda obro’ olib keladigan yuzlarini yorug’ va boshlarini
yuqori qiladigan farzand bo’lib ulg’ayishadi. Ota-ona bolaning vaqtini to’pa qamrab
oladigan zarur va manfaatli mashg’ulotlarni tayyorlashi kerak va ana o’sha
mashg’ulotlar bolaning ongini rivojlantirivchi bo’lishi shart.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
980
Dostları ilə paylaş: |