Farzand tarbiyasida ota-onaning roli O’g’iloy Mo’minjon qizi Madaminova Namangan davlat unversiteti Annotatsiya



Yüklə 211,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.05.2023
ölçüsü211,19 Kb.
#120627
  1   2
farzand-tarbiyasida-ota-onaning-roli



Farzand tarbiyasida ota-onaning roli 
O’g’iloy Mo’minjon qizi Madaminova 
Namangan davlat unversiteti 
Annotatsiya: Ushbu maqola farzand tarbiyasi va unda ota-onaning o’rni, 
ma’suliyati hamda vazifa va burchlari masalalariga bag’ishlanadi. Shuningdek ushbu 
maqolada farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko’rsatma va bilimlar 
jamlanmasi emas, balki o’z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, 
pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayon 
ekanligi ta’kidlangan. Shu boisdan bu kichik tadqiqot tarbiyachilar, pedagoglar, 
psixologlar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. 
Kalit so’zlar: oila, jamiyat, ota-ona, burch, tarbiya, xulq-atvor, sog’lom avlod, 
psixologiya, ma’naviy yetuklik. 
The role of parents in raising a child 
Ogiloy Mominjon kizi Madaminova 
Namangan State University 
Abstract: This article is devoted to the issues of child upbringing and the role, 
responsibility, tasks and duties of parents in it. Also, in this article, it is emphasized 
that child education is not just a collection of experience, simple instructions and 
knowledge, but a complex process that includes knowledge in the fields of religious 
and moral knowledge, medicine, ethics, psychology, pedagogy. Therefore, this small 
study is important for educators, pedagogues, psychologists and parents. 
Keywords: family, society, parents, duty, education, behavior, healthy 
generation, psychology, spiritual maturity. 
Xalq pedagogikasi barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha 
masalalarni o ‘zida mujassam etgan. Shunga ko’ra barkamol shaxs vatanparvarlik, 
insonparvarlik, mehnatsevarlik, ahllik, ilm va kasb-hunarga mehr-muhabbat, 
adolatlilik, ziyraklik, tashabbuskorlik, e tiqod va sadoqatlilik, oqibatlilik, odoblilik 
kabi fazilatlarga ega bolishi, shu bilan birga chuqur ilm egallashi, vaqtning qadriga 
yetishi, xalq udumlari va milliy urf-odatlarini yaxshi bilishi va qadrlashi, diniy 
ta’limotlarni to ‘g ‘ri tushunishi, muomala odobi va kiyinish madaniyatiga rioya 
qilishi lozimligi uqtirilgan. Bu fazilatlaring aksi bo’lgan nodonlik, badxulqlilik, 
manmanlik, qo’rqoqlik, yolg’onchilik, odobsizlik, insofsizlik, sabrsizlik, baxillik
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
978


kibru havo, hasadgo’ylik, farosatsizlik kabi illatlardan xoli bo’ lishi talab etilgan. Ana 
shu ijobiy fazilatlani yoshlar tarbiyasiga singdirish va illatlardan yiroq tutish yoki xoli 
qilish bo’yicha xalq pedagogikasida qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud. 
O’git-nasihat qilish, ibrat-o’rnak ko’rsatish, rag’batlantirish va qoralash kabi 
metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo’llab kelgan bo’lib, uning quyidagi ijobiy 
shakllari:
➢ tushuntirish; 
➢ o’rgatish, mashq qildirish; 
➢ odatlantirish; 
➢ kun tartibini rejalashtirish; 
➢ yaxshi xislat va ishlarga undash; 
➢ istak bildirish; 
➢ maqtash; 
➢ olqish aytish; 
➢ duo qilish; 
➢ alqash; 
➢ tasalli berish; 
➢ m ukofotlash, taqdirlash; 
O’zbek xalq pedagogikasida bolalarda ijobiy fazilatlarni, tarbiyani shakllantirish 
uchun birinchi navbatda oila a’zolari ota-ona, aka-uka, opa-singil va oilada kattalarga 
bo’lgan mehr-muhabbat hissini tarbiyalash zarurligiga amal qilingani ko’rinadi. 
Oilada bolalarning kattalarga bo’lgan mehribonligi tarbiya natijasidagina tarkib 
topadigan ma’naviy fazilat ekanligi ta’kidlanadi.Tarbiyani insonga yetkazishda ota-
onaning o’rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta’kidlaydilar. 
Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va 
sallam): “Har bir tug’ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug’iladi. Bas, ota-onasi 
uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya’ni 
biologik omil insonni shakllanishida asosiy o’rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi 
G’arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini 
bilib olamiz. O’rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson 
tarbiyasiga ta’sir etadigan omillar ahamiyatiga e’tibor berganlar. 
Forobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: Munosib 
inson bo’lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. 
Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda 
axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo’ldir...” 
deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o’rniga alohida to’xtalib: “Bola 
tug’ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo’yishi, so’ng uni yaxshilab tarbiya qilishi 
kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo’ladi” 
degan fikrni ilgari suradi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
979


Inson yaralibdiki o’zining oilasida tarbiyalanadi. Onalar farzand tarbiyasida 
hamisha oilada muhim o’rin tutganlar. Farzand tug’ilgandan keyin ham otasi ish yoki 
boshqa sabablar bilan ko’p vaqt uyda bo’lmaydi, tarbiyaga doir zarur og’itlar, 
ko’rsatmalar bergan holda, asosiy ishi moddiy ta’minot bo’lib qolaveradi. Illo, ona 
soliha, ilmli bo’lsa, farzandi kelajakda buyuk inson bo’lib yetishishi uchun astoydil 
harakat qiladi. Agar "nega farzand tarbiyasi yolg’iz mening zimmamda bo’lar 
ekan?!" deya u ham tarbiya bilan shug’illanmasa, nafaqat bir bolaning balki butun 
boshli millatning kelajagini barbod qiladi. 
Ulug’larimiz hayotiga nazar soladigan bo’lsak, ularning onalari hatto otlari vafot 
qilganda ham moddiy ta’minotni o’z zimmalariga olishgan, han farzand tarbiyasi 
bilan shug’ullanishgan. Yillar davomida chekilgan zahmat natijasida Imom Ahmad, 
Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar yetishgan. Abdurauf Fitrat "Rahbari najot" 
asarida shunday yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o’sha rangda 
tovlangani kabi bolalar ham shunday muhitda bo’lsalar, o’sha muhitning har qanday 
odat va axloqini qabul qiladilar. Abdurauf Fitrat "Rahbari najot" asarida shunday 
yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o’sha rangda tovlangani kabi bolalar 
ham shunday muhitda bo’lsalar, o’sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul 
qiladilar. 
Onaning tarbiya maskani zararga yo’liqsa, nasllarda o’nglanmaydigan yaralar 
ochiladi, onani yuqotadi. Farzandning ilk tarbiya makoni onaning ko’ksidir. Bolaning 
dunyo va ohirat hayotiga bog’liq bilimlarga ona mehru muhabbati bilan berilishi eng 
go’zal tarbiya shaklidir. Bolaning tarbiyalanishida ota-onalar o’z farzandlariga 
ma’naviy merosimiz bo’lgan milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar, udumlarning 
o’ziga xosligini asta sekinlik bilan tushuntirib borishga ma’suldirlar. Zeri, 
yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon 
e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir”. 
Farzandning tarbiyalanishida ota-onalar diniy ta’limotlarga ham alohida 
ahamiyat berishlari lozim. Diniy tarbiyada bola Vatanga muhabbat bilan ajdodlarga 
sadoqat ruhida tarbiyalanadi. Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo 
Ulugbek shunday deganlar: "Oilada ota-onalar ayniqsa o’qimishli ota-onalar o’z 
farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim". 
Shunday ekan, har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga ko’proq e’tibor berishi, 
ularga alohida vaqt ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin 
yo’latmasligi lozim ekan. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida albatta ota-bobolarning 
fikrlariga e’tiborli bo’lishlari kerak. Ana shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat 
qiladigan, ularga ikki dunyoda obro’ olib keladigan yuzlarini yorug’ va boshlarini 
yuqori qiladigan farzand bo’lib ulg’ayishadi. Ota-ona bolaning vaqtini to’pa qamrab 
oladigan zarur va manfaatli mashg’ulotlarni tayyorlashi kerak va ana o’sha 
mashg’ulotlar bolaning ongini rivojlantirivchi bo’lishi shart. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
980



Yüklə 211,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin