FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI TIBBIY YORDАMNI TАSHKIL ETISH
© O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi - 2022
razvedka, jabrlanuvchi-larni vayronalardan vaqtincha yigʼish joylariga olib chiqish, ularga birinchi yordam
koʼrsatish ishlari amalga oshiriladi. Bu ishlar uchun javobgarlik favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf
etish komissiyasi yoki shtab zimmasiga yuklanadi. Birinchi bosqich - yaʼni favqulodda vaziyat hududida olib
boriladigan ishlarda tibbiy xizmat xodimlaridan tashqari boshqa xizmatlarning ham roli katta boʼladi.
Chunki favqulodda vaziyat hududida jabrlanganlar soni koʼp boʼlganda ularni qutqarish, birinchi tibbiy va
birinchi shifokor yordami koʼrsatish ishlariga qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlarining kuch va vositalari
yetishmay qolishi mumkin. Bunday vaziyatlarda favqulodda vaziyat hududiga obʼektlarning ishchi-
xizmatchilarini, aholini, oʼquvchi va talabalarini (ularning kuch va vositalarini) jalb qilish muhim
ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, tibbiy taʼminotni tashkil etish vazifasi
nafaqat tibbiyot xodimlari, balki boshqa xizmatlarning ham vazifasi hisoblanadi va bu vazifani bajarishda
iqtisodiyot obʼektlarining oʼrni beqiyos boʼladi. Ikkinchi bosqich - jabrlanuvchilarni favqulodda vaziyat
hududidan kasalxonagacha yetkazib borish, kasalxonada tibbiy yordamni davom ettirish va oxirigacha
davolash ishlarini oʼz ichiga oladi. Bu bosqichda asosiy vazifa tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatiladi.
Biroq bu bosqichda ham jabrlanganlarni tashish uchun tibbiy mashinalar yetarli boʼlmaganda ularga
qoʼshimcha transport vositalari (avtobus, yuk mashinasi, yengil mashina va h.) ajratish lozim boʼladi.
Ushbu mashinalar esa iqtisodiyot obʼektlaridan olinadi. Favqulodda vaziyat sharoitida jabrlanganlarga
tibbiy yordam koʼrsatish ularning ogʼirlik darajasiga qarab amalga oshiriladi, yaʼni tibbiy yordam avval
ogʼirlarga keyin nisbatan yengillarga koʼrsatilishi lozim. Shundan kelib chiqib favqulodda vaziyat sharoitida
barcha jabrlanganlar 4 ta asosiy toifaga boʼlinadi: Birinchi toifa — oʼta ogʼirlar; Ikkinchi toifa — ogʼirlar;
Uchinchi toifa — oʼrtacha ogʼirlar; Toʼrtinchitoifa — yengillar Shunday qilib yuqorida keltirilganlarga
asoslanib quyidagicha yakuniy xulosa chiqarishimiz mumkin: 1. Favqulodda vaziyatlar sharoitida aholiga
tibbiy yordamni tashkil qilish faqatgina tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatilmasdan bu tadbirga barcha
xizmatlar, shu jumladan iqtisodiyot obʼektlari kuch va vositalari jalb etiladi. Bu xizmatlarni jalb etish ishlari
hokimiyat, uning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha shtablari yoki komissiyalari
zimmasiga yuklatiladi. Iqtisodiyot obʼektlari kuch va vositalarini jalb etish ushbu obʼektlar rahbarlari
zimmasiga yuklatiladi. 2. Bizning mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarda shoshilinch yordam xizmati
doirasida va bu doiradan tashqari jabrlanganlarga tibbiy yordam koʼrsatish ishlariga jalb etiladigan koʼplab
tibbiy brigadalar tashkil etilgan va bu brigadalar favqulodda vaziyat joyiga shu tuman va viloyat
brigadalaridan tashqari qoʼshni tumanlardan, qoʼshni viloyatlardan, respublikadan, zarurat boʼlsa bir necha
viloyatdan jalb etilishi mumkin.
Shunda biz favqulodda vaziyat sodir boʼlgan joyda koʼplab tibbiy brigadalarni yigʼa olamiz va aholiga
tibbiy yordam koʼrsatishni samarali yoʼlga qoʼya olamiz. 3. Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy
yordamni oʼz vaqtida boshlash va samarali tibbiy yordam koʼrsatish masʼuliyati obʼektlar fuqaro
muhofazasi xodimlari zimmasiga koʼplab vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalar oldindan sanitar drujina yoki
sanitar postlar tashkil qilish, ularni tibbiy vositalar bilan taʼminlash va imkon darajasida koʼp ishchi-
xizmatchilarni favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam koʼrsatish qoidalariga oʼrgatishdan iborat
boʼladi. 4. Jabrlanuvchilarga tibbiy yordamni tashkil qilish va ular hayotini saqlab qolish boʼyicha barcha
tadbirlarning toʼgʼri tashkil etilishi va samaradorligi FV hududiga tibbiy kuch va vositalarning tezlik bilan
olib kirilishiga, toʼgʼri saralanishiga yaʼni, birinchi navbatda kim kasalxonaga joʼnatilishini aniqlab olishga
va zudlik bilan evakuatsiya qilishga bogʼliq. 5. Favqulodda vaziyatlar sharoitida tibbiy yordamning
samaradorligi imkon darajasida koʼp kishilarning birinchi tibbiy yordam qoidalarini bilishlariga bogʼliq
boʼladi.
Shuning uchun ishchi-xodimlarni, talabalarni va aholini oldindan birinchi tibbiy yordam koʼrsatish
qoidalariga oʼqitish muhim ahamiyatga ega.
LAZIZ KAMOLOV,
MANSUR BOYXO'ROZOV,
FVV Аkademiyasi,
FVBQ va XTE kafedrasi o'qituvchilari.