9 – sinf ona tili II variant Yolg`ondan gapirmoq, zimdan kuzatmoq, to`saddan kelmoq so`z birikmalari tobe bpg`lanishning qaysi turi orqali birikkan
moslashuv
bitishuv
boshqaruv
moslashuv va boshqaruv
Qanday undalmalar yoyiq undalma deyiladi
o`ziga qarashli izohlovchisi bor undalmalar
o`ziga qarashli to`ldiruvchisi bor undalmalar
o`ziga qarashli to`ldiruvchisi va aniqlovchisiga ega undalmalar
o`ziga qarashli aniqlovchisi va izohlovchisi bor undalmalar
– Shoira nimani o`qidi ?
- O`zi yozgan she`rni
Ushbu to`liqsiz gapda qaysi gap bo`lagi ifodalanmagan ?
ega, kesim
aniqlovchi, kesim
to`ldiruvchi, ega
kesim
Q aysi javobda qolipli qo`shma gap berilgan ?
Kim ko`p o`qisa, u ko`p biladi
Bilingki, kengga keng, torga tor dunyo
Kitob bir bog`, yozuvlar esa uning gullariidir
Vaqt behuda o`tmasin deb, kasb egallang
Har bir odamning do`stlari oldida burch va mas`uliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do`stlari uning do`stligini e`tirof etmaydilar, tan olmaydilar
Ushbu gap haqida to`g`ri mulohazani toping
Qo`shma gap
Ega uyushgan
Kesim uyushgan
a) 1.3 b) 1.2 c) 2.3 d) 1.2.3
Xullas, qars ikki qo`ldan chiqadi. Ushbu gapda ega qaysi so`z turkumi bilan ifodalangan ?
undov so`z
taqlid so`z
ot
sifat
Berilgan qaysi bog`lovchi vositalar bosh gap tarkibida keladi ?
Agar, deb
Shuning uchun, -ki
chunki, mabodo
go`yo, xuddi
Ergash gap bosh gapga qaysi vosita orqali bog`langandanda ergash gapning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklida bo`ladi ?
ko`makchili qurilma
chunki
deb
nisbiy so`zlar
Bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi ma`nosini izohlash uchun qo`llangan ergash gaplar bosh gapga qanday vosita orqali bog`lanadi
– ki yuklamasi orqali
deb so`zi orqali
shuning uchun ko`makchili qurilmasi orqali
nisbiy so`zlar orqali so`zlar orqali
Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar
Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar
Boshing bukma sira, xokisor banda
Erta ruhing topgay oily ohanglar
Ushbu gapda gap bo`laklari aloqaga kirishmaydigan nechta birlik bor ?
a) 1 ta b) 3 ta c) 2 ta d) bunday bo`lak qatnashmagan
So`fiylar nazdida nafsoniy xuruj, shaytoniy istaklar jamlangan voqelik tasavvufda qanday nomlanadi ?
tarso
soqiy
dunyo
butxona
Navoiy “Xamsa” asarining qaysi dostonidan ?
Ani nazm etki, tarhi toza bo`lg`ay
Ulusqa mayli beandoza bo`lg`ay
“Farhod va Shirin”
“Hayrat ul – abror”
“Layli va Majnun”
“Saddi Iskandariy”
A.Navoiy “Hayrat ul - abror” dostonida insonni hayvonda ajratib turuvchi asosiy mezon nima deydi ?
so`z
nutq
aql
iymon
“Alpomish” dostonida poyga sharti qaysi tog` orasida bo`ladi ?
Asqar tog`i va Boboxon orasida
Zil tog`i va Asqar tog`i orasida
Murod tog`i va zil tog`i orasida
Boboxon va Zil tog`i orasida
Xalq dostonlarida qahramonlarning tinch ruhiy holati tasviri, o`zaro so`zlashuvlari necha bo`g`inli she`r bilan ifodalanadi ?
8 bo`g`inli
7 bo`g`inli
9 bo`g`inli
11 bo`g`inli
“Xamsa” asarining qaysi dostoni qahramoni ikki kanizi oldida yer o`padi ?
Shirin
Dilorom
Layli
Zuhra
Qaysi shoir she`rida “Nihoni kuydirib hajr o`ti po`st – u ustixon aylar”, “Boshimda hushim yo`q”, “Yetim qo`zi kabi nolonligim”, “Biyobon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida” kabi misralar bor ?
Navoiy
Furqat
Mashrab
Ogahiy
Ogahiyning devoni qanday nomlanadi va unda necha misra forscha she`r bor, necha janrdan foydalanilgan ?
“Qissasi Rabg`uziy” kimning iltimosiga ko`ra yozilgan ?
“Alpomish” dostonida Qorajon va Boychiborni kim boylovdan ozod qiladi ?
Nizomiy “Xamsa” si tarkibidagi “Haft paykar” asarini kim tarjima qilgan ?
Furqatning “Sayding qo`yaber sayyod, sayyora ekan mendek” deb boshlanuvchi she`ri oxirida kim tilga olingan
Qo`shma gap tarkibidagi soda gaplarni bog`lovchi vazifasidagi vositalarga nimalar kiradi ?
Nisbiy so`zlar qo`shma gapning qaysi turini hosil qiladi ?
Ergashgan qo`shma gapda ma`nosi izohlanayotgan gap qanday gap sanaladi