Nazorat savollari:
1. Fizik fayl deb qanday fayllarga aytiladi?
2. Mantiqiy fayl deb qanday fayllarga aytiladi?
3. Fizik va matiqiy fayllar qanday bog'laniladi?
4. Fayllar nima uchun va qanday ochiladi?
5. Fayl qanday yopiladi?
6. Fayl ko'rsatkichi deb nimaga aytiladi?
7. Fayllar necha xil xolatda bo'lishi mumkin?
8. Fayllar bilan ishlovchi funksiyalardan foydalanish uchun qaysi sarlavha faylini programmaga qo'shish kerak bo'ladi?
9. Qanday fayllar binar fayllar deyiladi?
Mustaqil yechlsh uchun masalalar:
1. Elementlari butun sonlardan iborat bo'lgan f fayl berilgan. Quyidagilarni hisoblovchi programma tuzilsin. Faylning elementlari soni n berilgan.
a) fayl elementlari yig'indisini;
b) fayl elementlari ko'paytmasini;
c) fayl elementlari kvadratlarining yig'indisini;
d) faylning oxirgi elementi aniqlansin;
2. Faylning elementlari soni n berilgan. Elementlari butun sonlardan iborat bo'lgan f fayl hosil qiling. Quyidagilarni aniqlovchi programma tuzilsin.
a) fayl elementlari ning kattasi;
b) fayl elementlarining juft o'rindagilarining kichigi;
c) faylning eng katta va eng kichik elementlari yig'indisi;
d) faylning birinchi va oxirgi elementlari farqi;
3. $ belgisi bilan tugaydigan simvolli (belgili) fayl f berilgan. f fayl elementlarini g fayliga teskari tartibda joylashtiruvchi programma tuzilsin.
4. f fayl berilgan. (m21_2.dat faylidan foydalaning). f fayl elementlarining juft qiymatlilaridan g faylini, toq qiymatlilaridan h haylini hosil qiling. f, g, h fayllarini ekranga chiqaring.
5. nta elementdan iborat bo'lgan simvolli fayl berilgan. Shufaylda eng ko'p uchraydigan belgini va shu belgi sonini aniqlovchi programma tuzilsin.
Matnli fayllar
Assalomu alaykum bo'lajak dasturchi! Yangi mavzuni boshlashdan oldin, oldingi mavzuni qisqacha takrorlab olsak. Quyidagi savollarga og'izaki yoki yozma javob bering.
Dostları ilə paylaş: |