Reja: 1.Arxivlash dasturlari
2. Faylarni arxivlashda hajmlarni qisqarishi
3.Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarni ochish
Arxivlash dasturlari – diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini kichraytirishga imkon beruvch dasturlardir. Ular turlicha kurinishda ishlatilsada, ishlash tamoillari bir xil: fayllarni aynan taktrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda to’liq saqlanishi mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning o’rniga boshqa biror ma’lumotni yozish hamda ularning ketma-ketligini aniq ko’rsatishdan iboratdir. Bundan ko’rinadiki, turli faylar uchun fayllar siqilganlik darajasi turlicha bo;ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmni tasvirlovch fayllar 4 ,5 martagacha siqiladi. Dastur ifodalaydigan fayllar esa juda kam -1%ga yaqin siqiladi.
Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, siqishsamaradorligi bilan bir-biri bilan farq qiladi. Arxivlash dasrturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ,RAR dasturlaridir.
Arxiv fayl yagona faylga birlashtirilganda bir yoki bir necha faylning siqilgan xoldagi ko’rinishi bo’lib, undan kerekli xollarda fayllarni dastlabki ko’rinishida chiqarib olish mumkin. Arxiv fayli undagi fayllar nomlarini ko’rsatuvchi mundarejaga ega bo’ladi. Arxivda joylashgan har bir fayl haqidagi ma’lumot beruvchi mundarijada joylashgan bo’ladi:
PKZIP/PKUNZIP va ARJ dasturlari arxiv fayllarining nomlari, odatda quyidagi kengaytma larga ega bo’ladi:
ZIP –PKZIP/ PKUNZIP dasturlari arxiv fayllar uchun
ARJ-ARJ dasturi arxiv fayllar uchun