Fayziobod qishlogʻi tarixi



Yüklə 10,23 Kb.
tarix07.07.2023
ölçüsü10,23 Kb.
#136007
Fayziobod qishlogʻi tarixi


Fayziobod qishlogʻi tarixi
Koʻhna va navqiron Fayziobod qishlogʻi 145 yillik tarixga ega. Qishloqning janub tomonida Norin daryosi oqib oʻtgan. Daryo Qirgʻiziston Respublikasidan boshlanib, Uchqoʻrgʻon, Uychi, Namangan tumanlaridan oʻtib, Mingbuloq dahasida Qoradaryo bilan birlashib Sirdaryoni tashkil etgan
Ota-bobolarimiz, momolarimiz suv boʻyida yashashgan, boʻlar tashkil etgan, chorvachilik bilan shugʻullanishgan. Yillar davomida daryo oʻzanini oʻzgartirib, hozirgi yoʻnalishida oqqan. Oʻrnida botqoqliklar paydo boʻlgan qamishzorlar boʻlgan, chiyaboʻri, tulki, yovvoyi hayvonlar va har-xil qushlar yashab.
Sobiq SSSR davlatiga arzon paxta kerak boʻlgan. Shuning uchun yerni turli portlovchi moddalar orqali portlatgan. Zakanlar kovlab, zahni qochirib paxta maydonlariga aylantirilgan.
1937 yili Uchqoʻrgʻon-Namangan magistral yoʻl qurilgan. 1939 yili Shimoliy Fargʻona kanali qazilgan. Aholi sekin asta shimol tomonga koʻchib chiqishgan.
Yorkatay qishloq fuqarolar yigʻinida hozirgi kunda 32 000 aholi yashaydi. 12 000 nafardan ortigʻi Fayziobod aholisi tashkil etadi. Hozirgi kunda bu aholi Fayziobod MFY, Gumbaz MFY, Yorkatay MFY tarkibida yashab mehnat qilmoqda.
Fayziobod MFY hududida 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 25, 29 bolalar bogʻchasi, 32-oilaviy poliklinika filiali, 103 tez yordam shaxobchasi, savdo shoxobchalari, dorixona aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda. Fayziobod xalqi mehnatkash, halol, yoshlari kelajakka intiluvchan, Respublika Prezidenti va Hukumati olib borayotgan ichki va tashqi siyosatini qoʻllab-quvvatlovchi, siyosiy faol xalqdir.
Yüklə 10,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin