Fe-c holat diagramma masshtab bo‘yicha chizdim va barcha qismlarda mavjud bo‘lgan fazalar belgiladim



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#182281
  1   2   3
ЛХИ 1 МСТ. ММТ. 2022




Ishni bajarish



  1. Fe-C holat diagramma masshtab bo‘yicha chizdim va barcha qismlarda mavjud bo‘lgan fazalar belgiladim.

  2. Berilgan qotishmaning uglerod miqdorini (C=___%) abssisa (uglerodning konsetratsiya) o‘qida belgilab, shu nuqtadan suyuq fazagacha (likvidus AC chiziqgacha) vertikal chiziqni o‘tkazdim. Vertikal chiziq diagrammadagi chiziqlarni kesgan nuqtalarni belgiladim.

  3. 1-nuqtadan yuqori haroratda qotishma suyyuq holda bo‘ladi.

  4. 1-nuqtada AC chiziq kesiladi. Qotishmada suyyuq fazadan austenit (A) ajralib chiqa boshlaydi. Austenit (A) - uglerodning Fe-γ dagi singish qattiq eritmasi. Tarkibida 11470C da - 2,14% uglerod (C), 7270 C da esa 0,83% uglerod (C) bo‘ladi.

  5. 2-nuqtada AE chiziq kesiladi. Qotishmaning hammasi austenit ajralib chiqa boshlaydi. (A) – ga aylanadi.

  6. 3-nuqtada ES chiziq kesiladi Austenit (A) parchalana boshlaydi va undan Sementit (S) ajralib chiqa boshlaydi. Sementit (S) - temir bilan uglerodning kimyoviy birikmasi Fe3C. Tarkibida 6,67% uglerod (C) bo‘ladi.

  7. 4-nuqtada SK chiziq kesiladi. Austenit (A) to‘la parchalanib, Perlit (P) – ga aylanadi. Natijada qotishma Perlit (P) bilan sementit (S) dan iborat bo‘ladi. Perlit (P) - ning o‘zi bu ferrit (F) bilan sementit (S) dan iborat bo‘lgan mexanik aralashma. Ferrit (F) - uglerodning Fe-α dagi singish qattiq eritmasi. Tarkibida 7270 C da-0,03% uglerod (C), 200 C da esa - 0,006% uglerod (C).

  8. 5-nuqtagacha qotishmada fazaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.



1.1b - misol: Tarkibida 2.4% C, uglerod miqdori bo‘lgan qotishmani uy haroratdan suyuq holatgacha qizdirganimizda uning tuzilishida (strukturasida) qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? Sodir bo‘lgan fazalarning xarakteristikasini tushintirib bering?



Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin