-an otlarga: Majburan, ruhan, tamoman, tasodifan kabi.
-lab ot, sifat, son, ravishdoshlarga: ertalab, haftalab, bittalab, ko'plab,
yaxshilab kabi.
-cha o'zbekcha, askarcha, yangicha, eskicha, istagancha, hozircha,
ko'pincha kabi.
-larcha ot, sifatlarga: o'rtoqlarcha; ravishlarga: butunligicha, tirikligicha,
o'zligicha, ko'pligicha kabi.
-ona ba'zi bir ot, sifat, ravishlarga: do'stona, mardona, mag'rurona,
ojizona, makkorona, kamtarona kabi.
-lay (-layin) ba'zi bir olmosh, sifatlarga: butunlay, tiriklayin, tiriklay (in)
kabi.
-n, in ba'zi bir ravish, fe'llarga: ertan, kechin, yashirin kabi.
-chasiga ot, sifatlarga: harbiycha, harbiychasiga, ochiqchasiga kabi.
-siz, -be: to'xtovsiz, beto'xtov, hisobsiz, behisob kabi.
-day (-dek) ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ba'zan son, modal so'z,
ravishdoshlarga: burgutdek, toshday, kaftdagidek, har kungidek, yo'qday,
borday, ko'pdek, o'zdek, shunday, ko'rganday, achingandek, birdek kabi.
2. Sintaktik usul bilan:
a) qo'shma;
b) murakkab;
v) juft ravishlar yasaladi.
a) Qo'shma ravish har birini ayrim, erkin holda qo'llab bo'lmaydigan ikki
so'zning birikib ketishidan hosil bo'lgan va harakatning bitta belgisini
ifodalaydigan yangi ravishdir. Qo'shma ravishlar quyidagicha yasaladi:
1. O'rin, payt ma'nosiga ega bo'lgan so'zlar yoki so'roq olmoshi oldidan –
alla elementini qo'shish bilan: allaqanday, allanechuk, allaqachon, allavaqt
kabilar.
2. Bir yoki oz so'zi bilan mustaqil ishlatilmaydigan so'zni biriktirish orqali:
birmuncha, ozmuncha, birato'la, birvarakay, birpas kabi.
b) Murakkab ravish har birini ayrim va erkin qo'llash mumkin bo'lgan ikki
so'zning birikib, harakatning bitta belgisini ifodalaydigan yangi ravishdir.
Murakkab ravishlar quyidagicha yasaladi:
1. O'rin-payt ma'nosidagi so'zlar yoki so'roq olmoshi oldidan o'z ma'nosini,
mustaqilligini va urg'usini saqlagan –har, hech bir so'zlarini keltirish bilan: bir
lahza, biroz, har vaqt, bir yo'la, hech qachon, hech vaqt, bir nafas, har gal, har
zamon, bir zamon kabi.
39
2. O'z leksik ma'nolarini saqlagan so'z formalarining aniqlovchi-
aniqlanmish munosabatida birikishdan: hamma vaqt, shu zahoti, tunov kuni, kuni
kecha, shu yerda, bu yoqqa, bu yoqdan kabi.
v) Juft ravish ikki so'zning teng bog'lanishidan yasalgan ravishdir. Juft
ravishlar quyidagicha yasaladi:
1)
ma'nodosh so'zlardan asta-sekin, eson-omon ochiq-oydin, uzil-kesil
kabi.
2)
qarama-qarshi ma'noli so'zlardan: qishin-yozin, erta-kech, ochin-
to'qin, kecha-kunduz, ostin-ustun kabi.
3)
Otlarni, olmoshlarni takrorlash bilan: Ko'pdan-ko'p, yildan-yil,
shundan-shunga kabi.
Ma'lum sintaktik sharoit tufayli ravishlarning ko'p qismi boshqa so'z
turkumlaridan ko'chgan. Ravishga ko'chish hodisasi deyarli barcha mustaqil
so'zlarda mavjud. Masalan: kunda, kuniga, kunduzi, oldiga, orqaga kabilar,
otdan: yangidan, yaqinda, sifatdan; birdan, birga, sondan: o'sha fe'ldan ravishga
ko'chgan, ya'ni, ravish bo'lib qolgan. Ravishlar tuzilish jihatidan: Sodda (tez,
ko'p, mardona, birdan), qo'shma (har vaqt, bir zum, hech qachon), juft (asta-
sekin, ochiq-oydin, qishin-yozin) takroriy (asta-sekin, tez-tez, sekin-sekin)
turlarga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: |