5. Sabab ravishi.
Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini bildirib, nega?, nima
uchun?, nima sababdan? kabi so'roqlariga javob bo'ladi. Noilojlikdan, chorasiz,
chorasizlikdan, noiloj kabi so'zlari yordamida hosil bo'ladi. Sabab ravishi gapda
sabab holi vazifasida qo'llanadi. Masalan: Suvsizlikdan avvallari bu yerlarga
ekin ekilmas edi.
6. Maqsad ravishi.
Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishdagi maqsadini bildirib, nega?,
nima maqsadda?, nima uchun? kabi so'roqlariga javob bo'ladi. Maqsad ravishi
gapda maqsad holi vazifasida qo'llanadi. Masalan: Qadamimni ataylab, dadil-
dadil bosaman, yoki Otaqo'zi jo'rtaga yarim soat qolganida yo'lga chiqdi (O. YO).
Ataylab shahardan keluvdim. Harakatning bajarilish maqsadi uchun, deb
yordamchi so'zlari va –gani qo'shimchali ravishdoshlar yordamida aniq
ifodalanadi. Masalan: O'qish uchun kelgan. Yordamlashay deb keldim.
O'qigani keldi kabi. Shu sababli, o'zbek tilida maqsadni ifodalovchi mustaqil
so'zlar (ravishlar) kamdir.
3. RAVISHLARDA DARAJA.
Sifat-so'z turkumida bo'lganidek, ravishlarda ham belgini darajalab
ko'rsatish hodisasi mavjud.
Ravishlardagi qiyosiy daraja sifatlardagidek molrfologik usul bilan, ya'ni –
roq yordamida hosil bo'ladi. Masalan: tez-tezroq, sekin-sekinroq. Orttirma
darajada esa sintaktik usul bilan, ya'ni oddiy darajadagi ravish oldiga juda,
g'oyat, nihoyatda, g'oyatda, eng, hammadan kabi so'zlarni keltirish orqali hosil
qilinadi. Masalan: Eshikdan To'xtasin aka kirib kelganini hammadan ilgari
Majid payqadi (YU.SH). Yoki: Ularning har biri eng oldin O'lmas bilan
so'rashishga oshiqardi.
4. RAVISHLARNING YASALISHI.
O'zbek tilida ravishlar asosan, 2 xil usulda yasaladi:
1. Morfologik usulda.
2. Sintaktik usulda.
1. Morfologik usulga ko'ra, ot ba'zan sifat, son, olmosh, fe'lning sifatdosh
va harakat nomi formalariga maxsus ravish yasovchi qo'shimchalarni qo'shish
orqali ravish yasaladi.
|