Феъл сыз туркуми


ekan kabi. Edi, ekan, emish



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Феъл сыз туркуми

ekan kabi.
Edi, ekan, emish so'zlari qisqa formada –di, -kan, -mish kabi ham 
ishlatiladi. Masalan: berardi, o'qirmish, aytarkan.  
To'liqsiz fe'llar tuslanadi: edim, eding, edi, edik, edingiz, edilar kabi. 
To'liqsiz fe'llar fe'l bo'lmagan so'zlarga ham qo'shilib, ularning kesim 
vazifasini bajarayotganini ko'rsatadi. Masalan: O'ktam injener edi. Otam 
o'qituvchi edi.  
E fe'lining esa (shart) va emas (kelasi zamon sifatdoshining bo'lishsiz) 
formalari ham mavjud bo'lib, ular tamomila yordamchi so'zga aylanib ketgan. 
Ular ish-harakat ma'nosiga ham, zamon ma'nosiga ham ega emas. Bu 
so'zlarning birinchisi (esa) hozir bog'lovchiga, ikkinchisi (emas) bo'lishsiz forma 
yasovchiga aylangan.


21 
Masalan: Arava tinmay g'ijirlardi, yo'lovchilar esa so'zsiz borishardi 
(S.Z.). Yozgan emas, borgan emas kabi
IX. FE'LLARNING YASALISHI HAQIDA MA'LUMOT. 
1. Ot, sifat, ravish so'z turkumlari singari fe'llar ham boshqa so'z 
turkumlaridan yasaladi. Fe'llar asosan, ikki xil yo'l bilan yasaladi:
 
a) morfologik yoki fe'l yasovchi qo'shimchalar yordamida;
 
b) sintaktik (kompozitsiya) yoki so'zlarni qo'shish yordamida fe'l 
yasash.  
 
2. Fe'llarning morfologik usulda yasalishi.  
Maxsus fe'l yasovchi qo'shimchalar yordamida fe'llarning yasalishi 
morfologik usul deyiladi.
Morfologik, ya'ni fe'l yasovchi qo'shimchalar yordamida ot, sifat, son, 
olmosh, ravish, undov, taqlidiy so'zlardan fe'l yasaladi. Masalan: ishla, terla, 
so'zla, kechik, guldira, chuxla kabi. fe'l yasovchi qo'shimchalar tubandagilar: 
1. –la ot negiziga qo'shilib, o'sha negizdan anglashilgan predmetga ega 
qilish (qitiqla, bolala, tuzla, moyla), o'sha predmetni vujudga keltirish, yaratish 
(gulla, bolala, qo'zila), o'sha predmet holatiga o'tish (muzla), o'xshash bo'lish 
(cho'lla), o'lchash (metrla, kilola), o'ringa taalluqli bo'lish (osmonla, yerla), 
negizdan anglashilgan paytga aloqador bo'lish (qishla) kabi ma'nolarni 
ifodalaydi. Bu qo'shimcha sifat, ravish va taqlidiy so'zlar negizlariga 
qo'shilganda, negizdan anglashilgan tusga, holatga o'tish ma'nosini 
ifodalaydigan fe'l yasaydi. Masalan: yaxshila, oqla, tozala, tezla, sekinla, 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin