21
Masalan:
Arava tinmay g'ijirlardi, yo'lovchilar esa so'zsiz borishardi
(S.Z.). Yozgan emas, borgan emas kabi
IX. FE'LLARNING YASALISHI HAQIDA MA'LUMOT.
1. Ot, sifat, ravish so'z turkumlari singari fe'llar ham boshqa so'z
turkumlaridan yasaladi. Fe'llar asosan, ikki xil yo'l bilan yasaladi:
a) morfologik yoki fe'l yasovchi qo'shimchalar yordamida;
b) sintaktik (kompozitsiya) yoki so'zlarni qo'shish yordamida fe'l
yasash.
2. Fe'llarning morfologik usulda yasalishi.
Maxsus fe'l yasovchi qo'shimchalar yordamida fe'llarning yasalishi
morfologik usul deyiladi.
Morfologik, ya'ni fe'l yasovchi qo'shimchalar yordamida ot, sifat, son,
olmosh, ravish, undov, taqlidiy so'zlardan fe'l yasaladi. Masalan:
ishla, terla,
so'zla, kechik, guldira, chuxla kabi. fe'l yasovchi qo'shimchalar tubandagilar:
1.
–la ot negiziga qo'shilib, o'sha negizdan anglashilgan predmetga ega
qilish
(qitiqla, bolala, tuzla, moyla), o'sha predmetni vujudga keltirish, yaratish
(
gulla, bolala, qo'zila), o'sha predmet holatiga o'tish
(muzla), o'xshash bo'lish
(
cho'lla), o'lchash (
metrla, kilola), o'ringa taalluqli bo'lish
(osmonla, yerla),
negizdan anglashilgan paytga aloqador bo'lish
(qishla) kabi ma'nolarni
ifodalaydi. Bu qo'shimcha sifat, ravish va taqlidiy so'zlar negizlariga
qo'shilganda, negizdan anglashilgan tusga, holatga o'tish ma'nosini
ifodalaydigan fe'l yasaydi. Masalan:
yaxshila, oqla, tozala, tezla, sekinla,
Dostları ilə paylaş: