20
Ba'zi ko'makchi fe'lning tahlili:
1.
Boshla. Bu ko'makchi fe'l yetakchi fe'l bilan ravishdosh yasovchi
–a, -b
qo'shimchasi yordamida birikadi va harakatning boshlanishi ma'nosini bildiradi:
Yoza boshladi, ishlay boshladi.
2.
Yot. Bu ko'makchi fe'l yetakchi fe'l bilan
– (i) b ravishdosh formasi
vositasida birikib, davomiylikni ifodalaydi. Masalan:
Daryodan suv chiqarishga
urinib yotishibdi. (P.T.)
3.
Tur. Bu ko'makchi fe'l yetakchi fe'l bilan ravishdoshning har ikki
formasida birika oladi.
a) Ravishdoshning
–(i)b qo'shimchasi bilan birikkanda, harakatning
ma'lum aniq (chegaralangan) vaqt ichida davom etishini bildiradi.
b)
–a, -i qo'shimchasi bilan birikkanda, harakatning vaqtincha biror
boshqa harakat, hodisa yuz berguncha davom etishi ma'nosini ifodalaydi.
Masalan:
1.
Ko'rinib turibdi, yozib o'tiribdi.
2.
Bora tur, qo'ya tur, ishlay tur, o'qiy tur kabi.
VIII. TO'LIQSIZ FE'LLAR.
To'liqsiz fe'llar ish-harakat ma'nosiga ega bo'lmay, grammatik modallik
ma'nolarinigina ifodalaydi.
To'liqsiz fe'llar asli bir
E (arxaik forma yer) fe'l negizining turli formalari
bo'lib
(edi, ekan, emish), ular hozirgi tilda ayrim-ayrim so'zlar sifatida
tushuniladi. Bu so'zlar boshqa fe'l formalari bilan birgalikda fe'lning turli
formalarini hosil qiladi.
Masalan:
borgan edim, borib edi, borar emish, borgan emish, borgan
Dostları ilə paylaş: