Samarqand Iqtisod va servis insitituti
Menejment va Marketing kafedrasi
MENEJMENT MARKETING FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:
« MENEJMENTDA MOTIVLASHTIRISH »
319-bis
guruhi
Bajardi: Жафархонов Жўрахон
Qabul qildi:___________________
Samarqand – 2021
Мавзу: MENEJMENTDA MOTIVLASHTIRISH
Режа
Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati
Motivlashtirish modellari va strategiyasi
Motivlashtirish nazariyalari
Asosiy adabiyotlar
Motivlashtirish tushunchasi mazmuni va mohiyati
Ruscha - o’zbekcha 1ug'atda motivatsiya tushunchasi biror ish yoki harakatning yuzaga kelishiga sababchi bo'lgan motivlar, dalillar, isbotlar, bahonalar, vajlar yoki sabablar majmui ma'nosida talqin etiladi. Bu tushuncha bevosita inson omili bilan chambarchas bog'liqdir. Shu nuqtai nazardan:
Motivlashtirish - bu ruhiy omil bo'lib, shaxs faolligining manbai, sababi,
dalili va har xi1 turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag'bat1antiruvchi kuchli vositadir
Boshqacha qilib aytganda
motivlashtirish - bu kishilar faoliyatini ruhiy yo’llar bilan maqsadga muvofiq yo’naltirishdir. U muayyan ehtiyojni qondirish bilan bog'1iq. Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo'ladi.
Inson tirik jon sifatida ovqat eyish, uxlash, dam olib o'z kuchini tiklash, o'zini issiq - sovuqdan asrash ehtiyojlariga ega.
Mazkur ehtiyojlar moddiy, ya'ni kiyim- kechak, oziq-ovqat, turar joy va boshqalar shaklida ifoda etiladi.
Insonning moddiy ehtiyojlari bilan birga ijtimoiy ehtiyojlari ham borki, bo’larga
bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka, mahoratga ega bo’lish va sog'lom hayot kechirib, uzoq umr ko’rish kiradi, aytilgan ehtiyojlar moddiy shaklga ega bo'lmagan har xil xizmatlar ko’rsatish orqali qondiriladi.
Eng muhimi xilma-xil ehtiyojni qondirish uchun xilma-xil faoliyat va uni muvofıqlashtiruvchi boshqaruv talab qilinadi. Ehtiyoj orqali kishilarni motivlashtirish jarayonini quyidagi chizmada ifodalash mumkin (8-chizma):