4
(ob'yekti) orasidagi yoki bir necha bajaruvchi sub'yektlar orasidagi
munosabatlarning ifodalanishi
fe'l nisbati deyiladi.
Masalan, Nazira kitob sotib
oldi; gapida sotib oldi – harakatning bajaruvchisi (sub'yekti) Nazira bo'lib, u ega
orqali harakatning predmeti (ob'yekt)i, kitob esa vositasiz to'ldiruvchi orqali
ifodalangan. Bunda harakatning asosiy bajaruvchisi kitobdir, ya'ni to'ldiruvchidir.
Nazira – ega esa harakat bajarilishida vosita bo'lgan bajaruvchi shaxs.
Fe'l nisbati maxsus forma yasovcha qo'shimchalar yordami bilan yasaladi
(aniq nisbat bundan mustasno). Bu qo'shimchalar fe'lning ma'nosini tamomila
o'zgartirmaydi, balki unga qo'shimcha ma'no qo'shadi. Ana shu qo'shimcha
ma'nolar gap ko'rinishining qanday bo'lishini bildirib turadi. Ega va
to'ldiruvchining qanday forma va ma'noda birikishi fe'l nisbatining ma'nosi bilan
bog'lanadi.
Dostları ilə paylaş: