Феъл сыз туркуми



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Феъл сыз туркуми

4. BIRGALIK NISBATI
Birgalik nisbatida harakat bir necha shaxs (sub'yekt) tomonidan birgalikda 
bajariladi. O'quvchilar maktabga kelishdi. Bu gapda o'quvchilar ish-harakatni 
birgalikda bajarganligi anglashilyapti. 



Birgalik nisbati quyidagicha yasaladi: 
a) unli tovushdan so'ng -sh, undosh tovushdan so'ng -ish qo'shimchasini 
qo'shish bilan: so'zla - sh (di), ishla -sh (di), bor -ish (di), yoz -ish (di) kabi. 
b) - lash (-la]sh) qo'shimchasi birgalik nisbatidagi fe'l yasaydi: bahs -lash 
(di), gap -lash (di) kabi. 
Birgalik nisbatidagi fe'llar quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 
1. Birgalik nisbati harakatni bajarishda sub'yektlarning faol ishtirok etishini 
ifodalaydi. Ular bir-birlariga ta'sir qilmaydi. Bunday gaplarda sub'yektlar va ayrim 
ega bilan, yoki ko'plik formadagi ega bilan ifodalanadi. Masalan: O'quvchilar 
sayohatga chiqishdi. Nilufar bilan Shoira qorbobo yasashdi. 
2. Harakatni sub'yektlar o'zaro birgalikda bajarishini ifodalaydi. Bunday 
o'zaro birgalik ma'nosi o'zlik nisbati ottenkasiga ham ega bo'ladi. Chunki 
bajaruvchilarning harakati o'zaro bir-birlariga o'tadi, ta'sir qiladi. Bunda 
sub'yektlar (harakatni bajaruvchilar) tubandagicha ifodalanadi: 
a) ko'plik formadagi olmosh yoki ot bilan: Bugun yangi asar xususida 
bahslashdik. Bu gapning egasi - biz olmoshi bo'lib, u tushib qolgan; 
b) miqdor anglatuvchi aniqlovchisi bo'lgan ot ega bilan: ikki do'st o'qishda 
tanishgan edi. 
3. Bir sub'yektning boshqa sub'yekt ishiga aralashishi, yordamlashishi 
ifodalanadi. Bunda asosiy bajaruvchi (sub'yekt) vositali to'ldiruvchi orqali 
ifodalanib, ikkinchi darajali sub'yekt esa ega orqali ifodalanadi. Masalan: Feruza 
Kamolaga paxta terishdi. Bunda harakat asosan, Kamola tomonidan bajarilib 
(Kamolaga-to'ldiruvchi) Feruza unga yordam beradi. 
4. Sub'yektning ob'yekt (to'ldiruvchi ifodalagan shaxs) bilan bir ishni 
bajarganligi ifodalanadi. Nigora Nargiza bilan uzoq suhbatlashdi. Bunda asosiy 
bajaruvchi ega. Ikkinchi darajali bajaruvchi esa, vositali to'ldiruvchi bo'lib keladi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin