19
Birlik.
Ko'plik.
Men o'ynamoqchi bo'laman Biz o'ynamoqchi bo'lamiz
Sen o'ynamoqchi bo'lasan
Siz o'ynamoqchi bo'lasiz
U o'ynamoqchi bo'ldi
Ular o'ynamoqchi bo'ldilar
Bu fe'lning bo'lishsiz shakli
emas so'zi yordami bilan ifodalanadi:
o'ynamoqchi emasman, o'ynamoqchi emassan.
VII. KO'MAKCHI FE'LLAR.
Ko'makchi fe'llar. Ko'makchi fe'llar harakatning turlicha xarakteristikasini
ko'rsatuvchi, shuningdek, turli modal ma'nolarni ifodalovchi formalarini yasash
uchun xizmat qiladi.
Hozirgi o'zbek tilida butunlay ko'makchi fe'lga aylangan (mustaqil
ma'nosini yo'qotib, faqat ko'makchi fe'l sifatida qo'llaniladigan) fe'l yo'q.
Ayrim mustaqil fe'llar ko'makchi fe'l vazifasida ham qo'llaniladi va turli-
tuman ma'nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko'makchi fellar bog'lanib
kelgan fe'l
yetakchi fe'l deyiladi.
Masalan: o'qib berdi, borib keldi, yozib oldi – fe'llari esa ko'makchi
fe'llardir.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida quyidagi fe'llar ko'makchi fe'l vazifasida ham
qo'llaniladi:
Boshla, yot, tur, yur, o'tir, bo'l, ol, ber, qol, qo'y, chiq, bor, kel, ket, yubor,
tashla, sol, tush, o'l, o't, yet, ko'r, qara, boq, yoz.
Ko'makchi fe'llarning har biri o'ziga xos ma'no va boshqa xususiyatlarga
ega. Lekin ular uchun umumiy xolatlar ham bor.
Ko'makchi fe'llar yetakchi fe'l bilan asosan,
– (i) b yoki
–a, -i ravishdosh
yasovchilar yordamida birikadi. Ba'zi ko'makchi fe'llargina yetakchi fe'l bilan
grammatik forma yordamisiz birikadi.
Ko'makchi fe'l yetakchi fe'l bilan ravishdosh formasi orqali birikkanda,
tuslovchi formalar ko'makchi fe'lga grammatik forma yordamisiz bir xil formada
bo'ladi.
Masalan:
o'qib berdim, borib keldim, yoza oldim, yoza olding, yoza
Dostları ilə paylaş: