Феъл сыз туркуми


qa, -ra kabilar. Masalan: tepkila, titkila, yugurgila, ezg'ila, qaytala, cho'zg'ila, quvla



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/39
tarix05.01.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#78522
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Феъл сыз туркуми

qa, -ra kabilar.
Masalan: tepkila, titkila, yugurgila, ezg'ila, qaytala, cho'zg'ila, quvla, 
savala, ishqala, qashla, quvala, surka, surga, chayqa, gangira kabilar.
2) Fe'l negiziga qo'shilib, harakatning kuchsizligini, to'la bajarilmasligini 
ifodalaydi. Bular: -inqira, -nqira, -msira, -imsira, -qilla kabilar. Masalan: 
oqarinqira, to'xtanqira, yig'lamsira, kulimsira, chopqilla kabilar.
VI. FE'L MAYLLARI. 
Ish-harakatning voqelikka munosabatini ifodalovchi kategoriya mayl 
deyiladi.
Mayl fe'ldan anglashilgan ish-harakatning bajarilish xususiyatini, 
imkoniyatini, ya'ni real voqelikka, sharoitga bog'liqligini ifodalaydi. Masalan: 
yozdim, borganman, fe'llari ish-harakatni aniq bajarilganligini, yozsang, 
borsangiz - ish-harakatning bajarilishi haqida shart, istak, maslahatni, yoz, 
borsin esa ish-harakatning bajarilishi haqidagi buyruqni anglatadi.
Mayl kategoriyasi harakatning voqelikka munosabatini ifodalab, 
grammatik zamon va grammatik shaxs (bajaruvchi) bilan uzviy bog'lanadi. Bu 
uch hodisa fe'lning gapda kesim vazifasini bajarishidan predikativlik 
funktsiyasidan kelib chiqadi.
O'zbek tilida asosan, 4 ta mayl bor.
1. 
Aniqlik (ijro) mayli.
2. 
Buyruq-istak mayli.
3. 
Shart mayli. 
4. 
Maqsad mayli.
1. ANIQLIK (IJRO) MAYLI. 


16 
Ish-harakatning uch zamondan birida haqiqatdan ham bajarilishi yoki 
bajarilmasligini ifodalagan fe'l aniqlik maylidagi fe'l deyiladi. Masalan: keldim, 
kelmadim, kelganman, kelmaganman, kelyapman, kelmoqdaman kelayotirman, 
kelmoqchiman kabi. Aniqlik mayli fe'l zamonlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, asosan, 
darak gapning kesimi vazifasida qo'llaniladi.
Aniqlik mayli fe'lning ravishdosh, sifatdosh formalarini, ba'zan sof fe'llarni 
tuslash bilan ifodalanadi.
Masalan: o'qibman, bormabsan, o'qimabsan, yozadiganman, o'qiyman, 
o'qiydiganman kabi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin