28
bo'lagi (ajratilgan hol) bo'ladi. Masalan:
Formani ochdi, sezilar-sezilmas
titragan qo'lida tutib, ko'nikmasidan ovozini odatdagidan balandroq qo'yib,
asta vazmin o'qidi. (O.). Uchinchidan, bu ravishdosh tuslanib, aniqlik maylining
asosan, o'tgan yoki kelasi zamon fe'lini hosil qiladi va gapda kesim vazifasini
bajaradi. Masalan:
kelibman, kelibsan, o'qibdi, o'qibsiz, ko'raman, ko'rasan,
ko'radi kabi.
Tuslanmaydigan ravishdoshlarga –gach, (-kach, qach), -gani (-
kani, qani), - guncha (-quncha, -kuncha) qo'shimchalari bilan yasalgan
ravishdoshlar kiradi. Masalan:
o'qigach, tekkach, chiqqach, o'qigani, ekkani,
tikkani, o'qiguncha, tekkuncha, chiqquncha kabilar. Bu guruhdagi
ravishdoshlar tuslanmaydilar. Shunga ko'ra, odatda hol, ajratilgan ikkinchi
darajali bo'lak (ajratilgan hol), ergash gapning kesimi vazifasini bajaradi.
Masalan:
Yaxshiligingizni o'lguncha unutmayman (H. H.). Kutubxonaga
kitob olgani bordim. Bundagi o'lguncha, olgani so'zlari hol vazifasida
qo'llangan.
-gach qo'shimchasi bilan yasalgan ravishdosh hol vazifasida kelmaydi.
Yomg'ir tinib, bulutlar tarqagach, tiniq osmonda quyosh nurlari yana
porladi. Bu gapda tarqalgach so'zi kesim vazifasida kelgan. Ravishdosh zamon
ma'nosiga ko'ra, 3 ga bo'linadi:
1.
O'tgan zamon ravishdoshi.
2.
Hozirgi zamon ravishdoshi.
3.
Kelasi zamon ravishdoshi.
Dostları ilə paylaş: