144
FERMENT PREPARATLARNI AJRATIB OLISH USULLARI.
Mahammatqulov Shaxzod Baxtiyor o’g’li
1
Jo’rayeva Zuhra Berkin qizi
2
Sobirova Muqaddas Botirovna
3
1
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali
Biotexnologiya yo`nalishi talabasi
2
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali
Biotexnologiya yo`nalishi talabasi
3
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali
Biotexnologiya kafedrasi biologiya fanlari nomzodi, PhD.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ferment va ferment preparatlari olish usullari
haqida
bir qancha manbalardan foydalanilgan holda ma’lumotlar keltirilgan.
Fermentlar lotincha (
fermentum
)- achitqi, tirik hujayralar tomonidan sintez bo’ladigan
oqsil tabiatli molekulalar bo’lib ular har bir hujayrada bir necha yuzlab va har xil
vaziflarni bajaradi. Fermentlardan biologik katalizator sifatida odamlar turli xil
sohadagi amaliy faoliyatlarida keng foydalanib kelishmoqda [1]
.
Fermentlarning
biosintezi genetik kod tomonidan nazorat qilinadi. Hujayrada fermentlar faolligini
boshqarishda hujayra tarkibiy qismini tashkil etuvchi strukturalar-mitoxondriyalar,
mikrosomalar va boshqalar katta rol oʻynaydi
.
Fermentlarni ajratish va tozalashda
hozirgi kunda adsorbsiya usulidan keng foydalanilib kelinmoqda.
Kalit so’zlar:
Kommersiya
,genetik kod
, sentrafuga, ksiloza, mixotoksin,
xromatografiya, benzoat.
Hujayra ichida va hujayra tashqarisiga chiqaradigan fermentlarni ajratib olish va
ularni tozalashni dastlabki bosqichida juda ham katta farq mavjud bo’lib bunda
biomassani kultural suyuqlikdagi metobolitlardan jumladan, hujayra tashqarisiga
ajralib chiqadigan fermentlarni ajratish jarayoni unchalik murakkab emas. Bu usul
sentrafuga, separator va ba’zan oddiy filtrlash (Zamburug’lar uchun) orqali ham amalga
oshiriladi [4]. Bu jarayonda kimyoviy tarkibi bo’yicha xilma xil metabolitlar saqlovchi
kultural suyuqlikni filtirati biomassadan ajratib olinadi. Odatda filtirat ajratiladigan
fermentni, 80% ga yaqinroq bo’lgan faolligini saqlaydi va keyingi texnologik
manipulyatsiyalarga tayyor eritma hisoblanadi. Hujayra ichidagi fermentlarni ajratib
olish uchun biomassa kompenetlarni tozalash va dissterlangan suv yoki juda
suyultirilgan bufer bilan bir necha maratoba yuvib tashlanadi. Hujayraning strukturasini
buzib, ichidagi fermentlarni ajratib olish uchun har xil usullarda foydalaniladi [1]:
Dostları ilə paylaş: |