Fermentlarni mikrobiologik sintez yo’li bilan ajratib
3. Ferment produsentlarini o’stirish Ko’p mikroorganizmlar nisbatan oddiy va arzon oziqa muhitida o’sish qobiliyatiga ega. Mikroorganizmlarning fermentlarni biosintezlash qobiliyatlarini oshirish yo’lida seleksiya olib borish yo’li bilan mahsuldor mutantlarni ajratib olish imkoniyatlari bor. O’sayotgan produsentga ta’sir ko’rsatib fermentlar biosintezini texnologik uslublar yordamida boshqarish mumkin. Hujayralar tomonidan sintezlanadigan fermentlarning tarkibi va miqdori muayyan organizmning irsiy xususiyatlariga bog’liq, har bir hosil bo’ladigan oqsilning tuzilmasi tegishli gen tomonidan belgilangan bo’ladi. Shu bilan birga gen irsiyat birligi sifatida tashqi muhit ta’sirida, shuningdek sun’iy tavsifli yo’naltirilgan mutatsiyalarni keltirib chiqarish yo’li bilan bo’linishi va parchalanishi orqali o’zgarishlarga duch kelishi mumkin. Sanoat miqyosida ahamiyatli bo’lgan mutantlarni ajratib olishda bu ishni ionlangan va ionlanmagan nurlanishlar, izotoplar, aktinofaglar, antibiotiklar, hujayraning irsiy elementlarini kuchli ravishda o’zgartiruvchi kimyoviy moddalar kabi mutagen omillardan foydalangan holda seleksiya yo’li bilan amalga oshiriladi. Mikrob tomonidan fermentlarni biosintezini amalga oshirilishida genetik omil va muhitda karbon,azot, fosfor va boshqa elementlarning bo’lishi shartligidan tashqari muayyan fermentni yoki fermentlar guruhini sintezida muhim rol o’ynovchi induktor yoki repressorlarning bo’lishi ham talab qilinadi. Bu hodisaning mexanizmi hali to’liq o’rganilmagan bo’lsada, biotexnologlar tomonidan u maksimal ravishda hisobga olinishi lozim. Bu sohada ortdirilgan tajribaga asosan ko’p misollarni keltirib o’tish mumkin. Lipaza fermenti deyarli Asp. awamori tomonidan muhitda induktorsiz sintezlanmaydi, muhitga kashalot yog’ini kiritish bu fermentning biosintezini yuzlab martaga oshiradi. Zamburug’ning xuddi shu turi muhitga kraxmal kiritib, mineral fosfordan xolis qilganda jadal ravishda boshqa ferment-fosfatazani sintezlaydi. Fermentning ko’p miqdorda hosil bo’lishi faqat induktorgagina emas, balki optimal oziqa muhitini tanlash va jarayonni optimal sharoitda olib borishga ham bog’liq bo’ladi. Bu omillarni ahamiyatini namoysh qilish uchun Asp. oryzae tomonidan kraxmalning–induktorligida alfa-amilaza biosintezini amalga oshishini misol qilib keltirish mumkin. Quyida alfa-amilazaning biosinteziga oziqa muhitining tarkibini ta’siriga oid ma’lumotlar keltirilgan: