Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Tarix (mamlakatlar va mintaqalar)yo’nalishi talabasi Shavqatulloyev Do’stmuhammad Mustafozodaning ilmiy ( ijodiy) ishi bo’yicha ilmiy rahbarining FIKR-MULOHAZASI Shavqatulloyev Doʼstmuhammad Mustafozoda 2021-yildan boshlab kafedra qoshidagi iqtidorli talabalar to’garagiga a’zo bo’lib kirdi. U o’ziga berilgan topshiriqlarni va oldiga qo’yilgan vazifalarni o’z vaqtida mustaqil yechib ko’nikmalarini oshirib bormoqda,ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun iqtidori bor.
Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklar o’zining qadimiyligi bilan mashhur.Surxondaryo qadimdan shoir va ulamolar, baxshilar to’plangan vohalardan biridir.Bu zaminda xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot rivojlanib kelgan.”Alpomish” dostoni yaratilgan makon sifatida shu vohada bayram qilinishi,40dan ortiq Termiziy, 10 dan ortiq Chag’oniy taxallusi bilan ijod qilgan allomalarning ilmiy- adabiy merosi buni to’liq isbotlaydi.Denov tumanida turizmni rivojlantirish masalasiga alohida to’xtalish maqsadga muvofiqdir. Denov tumanida turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozordagi milliy turizm mahsulotlarini faol targ’ib etish,turizm tarmog’ining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin ko’paytirish maqsadida tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatining yanada yuksaltirish maqsadida foydalanish mumkin. Viloyatdagi boy tarixga ega qadamjolar,muqaddas ziyoratgohlar hududda ziyorat turizmni joriy etib, nafaqat mahalliy balki, xorijlik sayyohlar oqimini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Biroq, hozirgacha viloyatning bu boradagi salohiyatidan samarali foydalanishga e’tiborsizlik bilan yondashib kelinayotganini ko’rish mumkin. Ushbu holatlar Jumaboyeva Nilufar Soyibjon qizi tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishini ilmiy va amaliy ahamiyatini asoslaydi.
Ilmiy rahbar: B.Nazirov