1-shakl. Oʻquv jarayonida kreativ fikrlashning yor damchi omillari.
Shaxsiy yordamchi omillar
Ijtimoiy yordamchi omillar
Yutuq va rivojlanish
Maqsad sari intilish va ijodkorlik borasida oʻz- o‘ziga ishonch
Soha bo‘yicha tayyorgarlik
Boshqalar bilan hamkorlik
Vazifa borasidagi ishtiyoq
Aqliy qobiliyatlar Ochiqlik
Muammoni hal etish
Bilim orttirish
Taʼlim yondashuvlari
Maktab va sinfdagi muhit
Madaniy me’yorlar va kutilayotgan natijalar
Kreativ ifodalash
Kreativ fikrlashning shaxs bilan bogʻliq yordamchi omillari aqliy qobiliyatlar
Bir qator tadqiqotchilar ijodiy fikrlash uchun zaruriy aqliy qobi liyatlarni aniqlashga harakat qilganlar. Guilfordning (1956) o‘xshash (convergent) va tafovutli (divergent) fikrlash konsepsiyasi bu sohadagi tadqiqotlarga katta taʼsir oʻtkazgan. O‘xshash fikrlash deb, odatda, javob topish maqsadida to‘plangan ma’lumotga asosan izlanish, anglash va qaror qabul qilishning an’anaviy va mantiqiy strategiyasini qo‘llash qobiliyatiga aytiladi. (Cropley, 2006). Aksincha, tafovutli fikrlash – bu yangi yondashuvlarni qo‘llash va mavjud ma’lumotlardan kutilmagan kombinatsiyalarni shakllantirish, shuningdek, bog‘lanishlar, fikrlash va o‘zgartirishning ma’no jihatdan o‘zgaruvchanlik va ravonlik kabi layoqatlarini qo‘llash yo‘li bilan original g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyatidir (Cropley, 2006).
Tafovutli fikrlash, shuningdek, tayyor ko‘rsatmalardan voz kecha bilish, muammoga boshqacha yechimlarni qidirish, qolgan barcha vositalar kop boʻlmaganda, kutilmagan choralarga murojaat qilish, muammolarga boshqa nuqtayi nazardan qarash, tayyor uslublardan voz kechib, yangilarini sinab koʻrish qobiliyati deb tavsiflangan (Schank va Abelson, 1977; Duncker, 1972). Umuman olganda, tafovutli fikrlash aksar hollarda yangicha, noodatiy hamda kutilmagan javoblarni hosil qilishdir.
Kreativ fikrlash koʻpincha tafovutli fikrlash istilohlarida tavsiflanadi, aksar tadqiqotlar bugungacha tafovutli fikrlash bilan bogʻliq aqliy jarayonlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Lekin, tadqiqotlar tahliliy yoki qaror qabul qilish qobiliyati kabi o‘xshash fikrlashning aqliy jarayonlari ham kreativlik uchun muhim ekanligini yaqqol namoyish qilmoqda (Cropley, 2006; Reiter-Palmon va Robinson, 2009; Tanggard va Glaveanu, 2014). Masalan, yangicha va qiymatli gʻoyalarni berish qobiliyati avval boshqa, muammoni joʻyali taʼriflash kabi jarayonlarni amalga oshirishga bogʻliq boʻlishi mumkin (Runco, 1997). Darhaqiqat, Getzels va Csikszentmihalyi (1976) aniqlashicha, rassomchilik bo‘yicha talabalarning muammoni taʼriflashdagi muvaffaqiyatlari ular chizgan rasmlarning estetik qiymati hamda oʻziga xosligining mezonlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Bu mezonlar, oʻz navbatida, ushbu talabalarning uzoq muddatda rassom sifatidagi muvaffaqiyatiga ham boʻgliq boʻlgan.
Maktab kreativlik uchun zaruriy boʻlgan aqliy qobiliyatlar va yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlaydigan taʼlim metodikasini targʻib qilishi mumkin (Beghetto va Kaufman, 2010).
Masalan, Mayer (1989) aqliy timsollarni (mental reprezentatsiyani) shakllantirishni oʻrganish oʻquvchining ilm-fan, matematika hamda AKT dagi kreativligini yaxshilashi mumkinligini namoyish etgan.
Soha bo‘yicha tayyorgarlik
Soha bo‘yicha tayyorgarlik deganda shaxsning qaysidir sohada muvaffaqiyatli ijodkorligi uchun oʻsha sohada muayyan bilim va tajribaga ega boʻlishi taqozo etilishi tushuniladi (Baer, 2016 ). Bu yerdagi faraz shundan iboratki, shaxs sohaga oid qanchalik koʻproq maʼlumotga ega boʻlsa, maʼlumotlar orasidagi bogʻliqliklarni qanchalik yaxshi anglasa, uning ijodkorlik ehtimoli shunchalik koʻpayadi (Hatano va Inagaki, 1986; Schwartz, Bransford va Sears, 2005). Lekin bu bogʻliqlik toʻgʻridan toʻgʻri boʻlmasligi mumkin, ayniqsa kreativ fikrlashning kichik, kundalik ifodasida. Sohaga oid bilim yoki qobiliyatlarning muayyan darajasi ijodiy fikrlash uchun foydali boʻlishi umum qabul qilingan fikr boʻlsa ham, bilim yoki qobiliyatdan foydalanishning odatiy tusi ijodiy fikrlash uchun toʻsiq boʻlishi ham mumkin.
Chunki shaxs odatiy tartibga tobe bo‘lib qolishi, ushbu odatiy tartibdan chetga chiqa oladigan fikrlashdan choʻchishi mumkin.
Tajriba va intellektga ochiqlik
Kreativ shaxsga xos feʼl-atvor xususiyatlarini aniqlashga bagʻishlangan tadqiqotlar ko‘p. Kreativ shaxslarning feʼl-atvorini va fikrlash uchun foydali boʻlishi umum qabul qilingan fikr boʻlsa ham, bilim yoki qobiliyatdan foydalanishning odatiy tusi ijodiy fikrlash uchun toʻsiq boʻlishi ham mumkin. Chunki shaxs odatiy tartibga tobe bo‘lib qolishi, ushbu odatiy tartibdan chetga chiqa oladigan
Oʻquvchilar ijodiy fikrlashini ifoda qila olishi uchun ularning soha bo‘yicha tayyorgarligini (bilim va tajribalari) takomillashtirishda maktablar muhim oʻrin tutadi.yurish-turishini oʻrganadigan amaliy tadqiqotlar, odatda, savolnoma instrumentlaridan foydalanadi va kreativlik nisbatan barqaror va muntazam feʼl-atvor ekanligidan kelib chiqadi (Hennessey va Amabile, 2010 . Ushbu tadqiqotlar aksar ijodkor insonlarga bir qator moyilliklar xos ekanligini, lekin, ayniqsa, ochiqlik – ham tajribaga ochiqlik, ham intellektga ochiqlik – ular orasida eng keng tarqalgan xarakter ekanligini namoyon qilmoqda (Amabile, 2012; Batey va Furnham, 2006 [60]; Feist, 1998; Prabhu, Sutton va Sauser, 2008 ; Sternberg va Lubart, 1991 ; Sternberg va Lubart, 1995 ). 37. Kaufman va boshqalarning (2009 ) aniqlashicha, tajribaga ochiqlik barcha sohalardagi ijodiy muvaffaqiyat bilan salmoqli va uzil-kesil tarzda bogʻliq boʻlgan «Katta beshlik»dagi1 yagona xarakterdir.
Ushbu tadqiqot xitoyliklarda ham kuzatilgan va oʻxshash natija qayd etilgan (matematika/ilmiy sohadagi ijodkorlikdan mustasno) (Werner va boshqalar., 2014). McCrae (1987 ) ham tafovutli fikrlash tarzi doimo tajribaga ochiqlik bilan (lekin feʼl-atvorning boshqa qirralari bilan emas) boʻgliq ekanligini kashf etgan. Feʼl-atvor hamda ijodiyot bilan bogʻliq tadqiqotlarning meta-tahlillari tajribaga ochiqlik barcha sohadagi ijodkorlarga xos ekanligini tasdiqlamoqda, qolgan feʼllarning esa ijodiyot bilan bogʻliqligi faqatgina muayyan sohada faoliyat yuritayotgan muayyan shaxslarga foydali boʻlishida kuzatilgan (masalan, «batartiblik, onglilik» feʼli ilmiy ijodkorlikni qoʻllab-quvvatlashi, lekin sanʼatdagi ijodkorlikka xalal berishi mumkin) (Batey va Furnham, 2006 ; Feist, 1998). 38. Taxmin qilinishicha, bu xususiyat «aqliy (misol uchun xayolot, tasavvur), emotsional (misol uchun qiziquvchanlik, ichki motivatsiya) va xulq-atvordagi (masalan, komfort zonasidan chiqish, yangi narsalarni faol sinab koʻrish) koʻrinishlardan iborat xarakterlarning keng turkumidir» (Werner va boshqalar, 2014). Bir qator tadqiqotchilar qiziquvchanlik hissini muvaffaqiyatli ijodiy faoliyat uchun
1 «Katta beshlik» ayni damda shaxsiy fe’llarning «Besh faktorlik modeli» deb ham ta’irflanadi: Tajribaga ochiqlik, onglilik, ekstraversiya, xayrixohlik va nevrotizm (misol uchun xayol, tasavvur), emotsional (misol uchun qiziquvchanlik, ichki motivatsiya) va xulq-atvordagi (masalan, komfort zonasidan chiqish, yangi narsalarni faol sinab koʻrish) koʻrinishlardan iborat xarakterlarning keng tajribaga ochiqlik deganda shaxsning yangi gʻoyalarni, xayol va tasavvurlarni oʻzlashtirishi tushunila di (Berzonsky va Sullivan, 1992 )muhimligini taʼkidlagan (Chávez-Eakle, 2009; Feist, 1998; Guastello, 2009 ; Kashdan va Fincham, 2002). Shunga bogʻliq, lekin butkul farqli feʼl boʻlgan «intellektga ochiqlik» ham ijodiy yutuqlarni bashorat qilishda qoʻl keladi. Intellektga ochiqlik deganda, mavhum va semantik ma’lumotni asosan mantiqiy fikrlash vosita- sida aniqlash tushuniladi (DeYoung, 2014). Tajribaga ochiqlikdan farqli oʻlaroq, intellektga ochiqlik, ayniqsa, ilmiy ijodkorlik bilan cham barc has bogʻliqdir (Kaufman va boshqalar., 2016 ).
Sabr-toqat, qatʼiyat hamda o ʻz ijodiy kuchiga ishonish insonga maqsad sari intilish hissi va ushbu maqsadlarini roʻyobga chiqara olishi borasidagi bardavomlik hissini berish orqali uning ijodkorligiga taʼsir qilishi isbotlangan. Sabr qiyinchiliklarga qaramay maqsad sari harakatni astoydil davom ettirish, qatʼiyat maqsadiga yetishish uchun qiyinchiliklarga chidash va ularni yengish ijodkorlik uchun muhim xislatlardir. Cropley (1990) ijodkor shaxslarning «zoʻr berishga astoydil shayligini» eʼtirof etgan boʻlsa, Torrance (1988 ) ularning eng asosiy xislati qatʼiyat ekanligini taʼkidlagan. Amabile (1983 ) fikricha, uzoq muddat davo mida shijoat bilan biror vazifa ustida ishlash va oʻnglanmayotgan ish yuzasi dan hafsalasini pir qilmaslik ijodiy salohiyatning muhim qismidir. Oʻz ijodiy kuchiga ishonish deganda insonlarning vazifaga ijodiy yondasha olishi borasidagi ichki eʼtiqodlari tushuniladi (Beghetto va Karwowski, 2017).
Maqsad sari intilish va oʻz ijodiy kuchiga ishonish chambarchas bogʻliq: bir qator tadqiqotchilar oʻz ijodiy kuchiga ishonch inson oʻnglanmayotgan ish yuzasidan hafsalasi pir boʻlishi yoki qiyinchiliklarga qaramay davom etaverishida va alal oqibat vazifani ijodiy hal etishida muhim oʻrin egallaydi deb hisoblaydilar (Bandura, 1997 ).
Ushbu ishonchga, oʻz navbatida, avvalgi faoliyat yakunlari, kayfiyat hamda vazifa bajarilayotgan ijtimoiy muhit taʼsir oʻtkazishi mumkin (Bandura, 1997; Beghetto, 2006). Taʼlim jarayonida oʻquvchining ijodiy fikrlashini qoʻzgʻatishga qaratilgan xatti-harakatlar shu sababli uning oʻz ijodiy salohiyatiga ishonch, sabr va qatʼiyatini kuchaytirishga qaratilishi mumkin (Davis va Rimm, 1985).
Oʻzaro hamkorlik
Zamonaviy tadqiqot tobora kreativ fikrlashga individual yumush emas, koʻproq ommaviy xatti-harakat sifatida qaramoqda. Bunga yangi bilim yaratishda guruhlarning faoliyatini tahlil qilishni misol keltirish mumkin. (Thompson va Choi, 2005; Prather, 2010 ; Grivas va Puccio, 2012; Scardamalia, 2002).
Kreativ fikrlashni bunday anglashda ilgari surilgan asosiy fikr, ijodiy faoliyat inson va uning muhiti, jumladan, ushbu muhitdagi boshqa insonlar orasidagi munosabatning natijasi ekanligidir. Bu yoʻsinda, kreativ fikrlash va faoliyat doimiy «bajarish» (muhitga qaratilgan xatti-harakat) va «duchor boʻlish» (muhitning aks harakatini qabul qilib olish) sikli sifatida shakllantirilgan (Glaveanu va boshqalar., 2013). Oʻzaro hamkorlik natijasida guruhlar alohida insonning qobiliyati yetmaydigan murakkab muammolarga yangicha yechimlarni taklif etishi mumkin (Warhuus va boshqalar. 2017).
Hamkorlikdagi kreativ fikrlash borasidagi tadqiqotlarga ko‘ra, guruh aʼzolari maqsadli, opportunistik vaziyatdan kelib chiquvchi va tartibsiz murakkab jarayonlarda ishtirok etgan holda, maqsad qoʻyadi va uning roʻyobga chiqishini kuzatadi, bunda guruhning turli aʼzolari oʻzining kuchli tarafiga asoslanib, guruhda yetakchilikni oladi. Xususan, muzokara va badiha usulidagi olib boriladigan jarayonlarda qatnasha olish yangi gʻoyalarni yaratishga zamin tayyorlaydi (Montuori, 2003; Tsoukas, 2009). Hamkorlik natijasida, faoliyat gʻoya yaratish va takomillashtirish bilan bogʻlanadi, gʻoyalardagi kamchilik tuzatiladi, boshi berk muammolarni aylanib oʻtish yoʻllari kashf etiladi. 46. Hamkorlikda ishlay olish qobiliyati taʼlim kontekstida ham bilim yaratishning muhim qismidir. Oʻquvchilar boshqalarning gʻoyalarini kashf etib, ular asosida yangi gʻoyalarni yaratishi va shu orqali hamkorlikda yangi bilimlarni yaratishida maktab qulay zamin sifatida xizmat qiladi.
Oʻquvchilar oʻzgalarning gʻoyasidan bahramand boʻlishni, hammuallif lik va hamkor faoliyatni oʻrganishi kerak (Starko, 2010; Scardamalia, 2002 ).
Maqsad sari ishtiyoq
Maqsad sari ishtiyoqning bo‘lishi ijodiy faollikning asosiy motori ekanligi ilm-fanda, xususan, Amabile (1997; 2016; 2010; 1983) tadqiqotlarida batafsil isbotlangan. Bu yerdagi asosiy faraz shundan iboratki, inson yuqori ijodiy faollikka kerak boʻladigan barcha xislatlar turkumiga ega boʻlsa ham, lekin bunga yetarlicha ixlos qoʻymagani sababli ijodiy mahsulot bermasligi mumkin.
Kreativ boʻlishga ishtiyoq mohiyatan ham tashqi, ham ichki boʻlishi mumkin. Maqsadi sari ichki ishtiyoqi bo‘lgan insonlar: oʻz faoliyatlarini maʼnoli deb biladilar, bu faoliyat bilan faqatgina zavqlanganliklari, oʻzlariga qiziqarli boʻlgani yoki oʻzlarini sinab koʻrmoqchi boʻlganlari uchungina shugʻullanadilar; ular tashqi ragʻbatlantiruvchi omillarga nisbatan befarq boʻladilar.
Csikszentmihalyi (1996) taxmin qilishicha, turdosh «oqim» hissiyoti ijodiy faollikni sezilarli tarzda qoʻllab-quvvatlaydi, zero, oqim holatida «insonlar ochlik, charchoq va noqulayliklarga qaramay, faoliyatlarida qatʼiy davom etadilar» (Nakamura va Csikszentmihalyi, 2002). Chunki ular maqsadlari sari ichki ishtiyoqlari bo‘lganligi sababli, ishga toʻliq kirishib ketgan boʻladilar. 49. Umuman olganda, tadqiqotlar kreativ samara uchun ichki ishtiyoqning ijobiy taʼsiri, tashqi ishtiyoqning salbiy taʼsiri mavjudligini ko‘rsatib keladi (Amabile, 2012; Sternberg, 2006). Lekin yaqindan buyon, bosim (misol uchun, topshiriqning yaqinlashayotgan muddati) yoki ragʻbat (katta maosh va eʼtirof) kabi tashqi motivatsiya omillari ham insonlarni ijodiy faollikda bardavom boʻlishlarini taʼminlashi e‘tirof etilmoqda (Eisenberger va Shanock, 2003 ; Amabile va Pratt, 2016)
Dostları ilə paylaş: |