“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi
Iqtisodiyotning turli yo‘nalish va maktablari
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fani.
Insoniyat tarixining har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g'oya, nazariya, konseptsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan.
Iqtisodiy g'oyalarni har tomonlama chuqur o'rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, zamonga moslab, hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko'p yillik tajriba mujassamlashgan bo'ladi.
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanining predmeti bo'lib, ma'lum davrlardagi u yoki bu ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g'oyalar va ijtimoiy konseptsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Bu g'oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo'nalishlarga tegishlidir. “Iqtisodiy ta'limotlar tarixi” mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g'oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o'z ichiga oladi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining asosiy vazifalari:
iqtisodiyot tarixida amal qilgan, qo'llanilgan qonunlarning kelib chiqishini tushuntirib berish, ularning genezisini o'rganish;
qadjmgi dunyo iqtisodiy g'oyalarini tushuntirib, ularni taqqoslab hamda o'ziga xos jihatlarini ochib berish;
iqtisodiy kategoriyalarning vujudga kelishini, mazmunan boyib borishi u yoki bu iqtisodiy davrlardagi qo’llanishi xususiyatlarini, ijtimoiy shakllarini asoslash;
«Iqtisodiyot nazariyasi» va boshqa iqtisodiy fanlarni chuqurroq o'rganishga yordam berish;
u yoki bu davr ta'limotlarining milliy g’oyamiz va mafkuramizga qay darajada muvofiq kelishini aniqlash va baho berish.