«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fani


“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining predmeti



Yüklə 434,82 Kb.
səhifə2/8
tarix22.09.2023
ölçüsü434,82 Kb.
#146973
1   2   3   4   5   6   7   8
ITT fani 1-mavzu Microsoft PowerPoint

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining predmeti

  • Iqtisodiy tafakkur tarixi-fanning amaliy xo'jalik ob'ekti bilan chambarchas bog'liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli prinsipda ilmiy emas deyish mumkin emas» deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun.
  • Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo'lgan.
  • Ba'zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o'rganishni taklif etishadi, ammo bu so'nggi nazariya avvalgi ko'p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy qisqacha xulosalari sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma'lum vaqtdan keyin o'zgarishi mumkin.
  • Hozirgi paytda dunyodagi ilg'or g'oyalarni o'rganish davomida hurfikrlilikka (plyuralizmga) keng o'rin berish, har qanday fikrni atroflicha tahlil etish zarurligi aniq bo'lib qoldi.
  • Bu fanni chuqurroq o'rganish tufayli bir qancha echimini kutayotgan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug'iladi. Masalan, bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq echimga ega emas. Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi bilan bog'lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm bilan, aniqrog'i, «ishlab chiqarish omillari» paydo bo'lishi bilan izohlaydilar. Keyingi fikr bo'yicha bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada boshlandi.

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanida iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda quyidagi ibora va tushunchalar qo’llaniladi.

  • Nazariya- bu iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ularning real omillari evaziga ilmiy asoslangan holat tushuniladi. Ba’zi hollarda nazariya konsepsiyaga aylanishi mumkin.
  • Konsepsiya- qarashlar, fikr yuritish, dunyoni anglash usuli.
  • Doktirina- bu oldindan ishlab chiqilgan tamoyillar asosida, qattiq asosga ega bo’lgan konsepsiyadir.
  • Iqtisodiy fikrlash- oldindan natijani taqqoslash ma’lum bir qolipga solish asosida yuzaga kelgan ratsional ong faoliyati.
  • Oqim- bu iqtisodchi olimlarning hodisa va jarayonlarning birlamchi va ikkilamchi ko’rinishida isbotlangan o’zaro bog’liq iqtisodiy qarashlar yig’indisi.
  • Ilmiy maktab- bu o’zaro bog’liq nazariy qarashlar va tadqiqot uslubiyotiga ega olimlar guruhi.

  • Yüklə 434,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin