O’zbekiston respublikasi oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirligi
IQTISODIYOT
NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR
1-qism
TOShKENT 2007
D. Tojiboeva. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan masala-mashqlar.
Toshkent Moliya instituti. Toshkent. 2007.
Mazkur to’plam iqtisodiyotni nazariy jihatdan o’rganishda jahon tajribasidan kelib chiqib, iqtisodiy kategoriyalar, bozor iqtisodiyotining qonuniyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinamikasini tushunishni engillashtirish, fanning mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berish maqsadida tayyorlangan. Masala-mashqlarni tuzishda iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar etakchi nazariy maktablar, yo’nalishlar va ularning namoyandalari fikrlari, kontseptsiyalari hisobga olingan.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining dasturda o’rganish ko’zda tutilgan barcha mavzulari bo’yicha masala-mashq, o’ziga xos mashq sifatida testlar, topshiriq sifatidagi tarqatma materiallardan namunalar javoblari bilan berilgan.
Qo’llanma oliy o’quv yurtining barcha yo’nalishdagi bakalavrlari va iqtisodiyot nazariyasi fanidan dars beruvchi o’qituvchilarga mo’ljallangan. Shu bilan birga. undan magistratura talabalari, aspirantlar va hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muammolarini o’rganishga qiziquvchi kitobxonlar foydalanishi mumkin.
Qo’llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi oliy o’quvyurtlararo Kengashda muhokama qilinib, nashr etishga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar: i.f.d., prof. Sh. Shodmonov
i.f.n., prof. E. Egamov,
i.f.n., prof.A. Islomov,
i.f.n., dots. U. G’ofurov.
Kirish
Bozor iqtisodiyoti har bir kishidan qanday kasb egasi bo’lishidan qat’iy nazar, iqtisodiy mushohada yuritish va shu asosda xulosa chiqarishni o’rganishni talab qiladi. Iqtisodchi kadrlar esa voqeliklarni, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish bilan birga, ulardan xulosa chiqarish bilan chegaralanmay, iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tanlovning eng optimal variantlarini amalga oshirish, buning uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish, bilganlarini joriy qilish layoqatiga ega bo’lishni talab qiladi.
Fanni o’rganishda talabalarni tahliliy fikrlashga o’rgatish - eng muhim masala hisoblanadi. Tahliliy fikr yurita oladigan odam mustaqil fikrlaydi. Mustaqil fikrlaydiganlar doimo izlanadi, ularnipg fikri-o’ylari, mehnati tufayli jamiyatda fan-texnika taraqqiyoti yuz beradi.
Demak, talabalarning mustaqil fikr yuritishi, hayotda yuz beradigan turli muqobil variantlar ichidan eng maqbulini tanlashni o’rganishi hozirgi zamon talabidir.
Iqtisodiy fanlarning boshqa fanlardan ajralib turadigan tomoni ham shundaki, u faktlar, ma’lumotlar, raqamlar bilan ish ko’radi. Iqtisodchidan ana shu faktlar, raqamlar, ma’lumotlar bilan ishlay bilish, qo’ygan maqsadiga ko’ra ular asosida hisob-kitob, matematik amallar, kuzatishlarni amalga oshirish, ularning dinamikasi-o’zgarishi asosida xulosalar chiqarish, qaror qabul qilish ko’nikmasiga ega bo’lish talab qilinadi.
Bu o’z navbatida iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o’tkazish, nazariy qonun-qoidalarni sinab ko’rishni zarur qilib qo’yadi. Bu jihatdan iqtisodiy fanlarni o’rganishda masala va mashqlardan foydalanishga teng keladigani yo’q.
Iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni o’rganishda markaziy o’rinni masala, mashq echish egallaydi. Sababi:
Birinchidan, masala, mashq echish fanni o’rganishning bosh maqsadi - olingan bilimni amaliyotda qo’llash imkonini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, masala, mashq echish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi.
Uchinchidan, masala fikrlashni o’rgatadi.
Shuning uchun ham masala so’ziga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish ob’ekti sifatida qaralishi bejiz emas. Aytaylik, echimini kutayotgan masalalar, hal qilinishi zarur masalalar va hokazo.
Mashqlar mushohada qilish, xulosa chiqarishga o’rgatish bilan birga vaqtni tejash, ayrim masalalarda ikkilanib turgan talabalarni to’g’ri javob topishga o’rgatadi.
Ayrim fanlar borki, ularni masala-mashq echmay o’rganib bo’lmaydi. Shunday deganda, odatda biz tezda matematika, fizika, ximiya kabi fanlarni ko’z oldimizga keltiramiz. Iqtisodiy fanlarni ham bu jihatdan ana shu fanlar qatoriga kiritish mumkin.
Masala va mashqlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa o’quvchi, talabalarda aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun va kategoriyalarni tushunishni osonlashtiradi.
Chunki iqtisodiyotni nazariy jihatdan o’rganishda ko’pincha ilmiy abstraktsiyadan foydalaniladi. Ko’pchilik o’quvchi-talabalar ilmiy abstrakpiya metodini tezda tushunaverishmaydi. Matematik ifodalar orqali iqtisodiy hodisalarni o’zaro bog’lanishini tushunish esa oson. Shuni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanidan masala va mashqlar tayyorlandi. Unda fanning har bir mavzusi bo’yicha masala, mashqlar, o’ziga xos mashq sifatida testlar javobi bilan berilgan.
Masada-mashqlarni mustaqil echar ekansiz, unga sarflagan intellektual energiyangiz va vaqtingizga achinmaysiz. Chunki ular iqtisodiyotni chuqur o’rganishga katta yordam beradi.
Masala-mashqlarning javobini qidirishga oshiqmang. Masala-mashqni o’zi mustaqil echib, uning javobi to’g’riligi tufayli intellektual jihatdan qoniqish hosil qilish, zavqlanish nashidasi o’zgacha bo’ladi. Bunday tuyg’uni totib ko’rishdan o’zingizni bebahra qoldirmang.
Bunday to’plam iqtisodiyot nazariyasi fanidan o’zbek tilida birinchi marta nashr qilinmoqda. Muallif u haqda bildirilgan maslahatlar va fikr-mulohazalarni kutadi va bajonidil qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: |