tumanidagi 10-son umumiy o’rta ta’lim maktabining Informatika fani o’qituvchisi Xo’jayeva Nargizaning
bir soatlik dars ishlanmasi
Sinf: 8”B”
2016-2017 o’quv yili
Mavzu: MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash
Dars maqsadi:
ta’limiy maqsad: o’quvchilarda MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha Excel funksiyalar to’plamidagi 400 dan ortiq funksiyalardan matematik, mantiqiy, statistik, matnli funksiyalarni mashqlar yechishda qo’llay bilish bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni ajdodlar xotirasiga xurmat ruhida tarbiyalash. O’quvchilarni sog’lom raqobat muxitida puxta muomala madaniyatini shakllantirish.
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda Ms Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash mavzusini takrorlash mavzusi bo’yicha mashqlarda matematik, mantiqiy, statistik, matnli funksiyalarni mashqlarda erkin qo’llay bilish bilimlarini rivojlantirish.
O’quvchilar bilan salomlashaman. Xona ozodaligi va gullar parvarishiga e’tibor beraman. Navbatchiga tegishli ko’rsatmalar beraman. O’quvchilarga ekologik tarbiya beraman. Sinf o’quvchilari davomatini olaman va sinf jurnaliga qayd qilaman. O’quvchilardan oyga oid muhim sanalarni so’rayman va qo’shimchalar kiritaman. O’quvchilarni har bir faol harakati uchun rag’bat kartochkasi berib boraman. O’quvchilarni darsga tayyorgarligini so’rayman.