Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə4/49
tarix05.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#172831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
portal.guldu.uz-IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN MASALA VA MASHQLAR

Masala va mashqlar.

1. Iqtisodiyot nazariyasi fanini nisbatan eng to’liq va sipo qilib berilgan ta’rifini tanlang:



    1. iqtisodiyot nazariyasi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuz beradigan munosabatlarni o’rganadi.

b) iqtisodiyot nazariyasi o’zgaruvchi miqdorlarni, ularni milliy iqtisodiyotga qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganadi.
v) resurslarni cheklanganligi va ehtiyojlarni yuksalib borishi sharoitida samarali xo’jalik yuritish qonunlari va iqtisodiy faoliyat muammolarini o’rganadi.
g) iqtisodiyot nazariyasi ishlab chiqarish va iste’mol
munosabatlarini o’rganadi.

2. Hind rivoyatlaridan birida Budda va uning shogirdi o’rtasidagi quyidagi suhbat shunday hikoya qilinadi:


Bir kuni Budda shogirdidan so’rabdi, yo’lga qarachi, kim kelayapti ekan?

    • Yosh va go’zal bir ayol, - debdi shogirdi.

    • Aniqrog’i, - debdi Budda.

    • Yosh ayol.

    • Aniqrog’i.

    • Ayol.

    • Aniqrog’i.

    • Odam.

    • Aniqrog’i.

    • Skelet.

Diqqat qiling. Sizningcha, shogirdning qaysi javobida abstraktsiya metodining bilish qadr-qimmati yo’qoldi? Nima sababdan?
3. Tilshunos olim, yozuvchi Lev Uspenskiy o’zining «So’z xaqida so’z» kitobida Avstraliya aborigenlari tilida «Tepalikda daraxt o’sib turibdi. Uning shoxida qush o’tiribdi, deb aytilmaydi. Aborigen tilida albatta, «Tepalikda kauri o’sib turibdi. Uni shoxida kakadu o’tiribdi» yoki «Evkalipt o’sib turibdi, uni tagida emu yuribdi», deyiladi. Ya’ni albatta o’simlik va hayvonning nomi aytiladi, deb yozadi.
Sizningcha, nima sababdan Avstraliyalik aborigenlar tilida «daraxt», «qush» va hokazo tushunchalari yo’q. U inson tafakkuri rivojining ma’lum bir bosqichi bilan bog’liq deb ayta olasizmi? O’zbek tilidan shunday misollar keltira olasizmi?

4. Quyidagi tushunchalarni diqqat bilan o’qib chiqing. Ulardan qaysi biri guruhga taalluqli bo’lmagan tushunchalar, aniqlang. Ularni ro’yxatdan chiqaring. Sababini izohlang.


Tushunchalar: Ilmiy abstraktsiya, induktsiya, deduktsiya, tajriba o’tkazish, tarixiylik, mantiqiylik, iqtisodiy-matematik modellashtirish.

5. Taniqli klassik yozuvchi A. Qodiriyning o’g’li G’. Qodiriy «Otam haqida» kitobida A. Qodiriy ko’rsatgan quyidagi misolni keltiradi: «Qarg’a o’ladi. Qarg’a qushlar turkumiga kiradi. Demak, qushlarning hammasi o’ladi».


Aksincha, «Qushlar o’ladi. Qarg’a qushlar turkumiga kiradi. Demak qarg’a ham o’ladi».1
Atoqli yozuvchimiz yuqoridagi parchada shunday sodda misol bilan qaysi metodni tushuntirib bergan? Uni iqtisodiyotga qiyoslab tushuntirib beraolasizmi?


Quyidagi bildirilgan fikrlar to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlang.
T/N
1. Nazariya amaliyotda qo’llanishi uchun har bir aniq holatda, voqe’likda o’z isbotini topishi kerak.

  1. Iqtisodiyot nazariyasi aniq fan emas, lekin u statistik ma’lumot tahlilidan foydalanib, juda ko’p aniq muammolarni tadqiq etadi.

  2. Ma’lum bir sharoitda ijobiy natija bergan iqtisodiy siyosat, boshqa bir sharoitda xato bo’lishi mumkin.

  3. Agar iqtisodchilar iqtisodiyotning asosiy tamoyillarini bir xil sharHlasalar, demak, ular albatta vaziyatni baholashda hamfikr bo’lishadi.

  4. Agar gipoteza praktikada tasdiqlansa, u Holda foydalanilayotgan nazariy asos bo’la oladigan xulosa doimo to’g’ri.

  5. Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga o’xshash ob’ektiv xarakterga ega. Demak, iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlari bilan bir xil amal qiladi, deb ayta olamiz.

  6. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, barcha iqtisodiy fanlar uchun fundamental asos bo’lib xizmat qiladi.

  7. Iqtisodiyotda avval dalillar, ma’lumotlar to’planadi, ular o’rga-niladi. So’ngra xususiy va umumiy xulosalar chiqariladi.



Testlar



  1. Iqtisodiy nazariya fan sifatida:

  1. kishilik jamiyati vujudga kelgandan boshlab;

b) XVII-XVIII asrlar orasida;
v) XIX asrda;
g) A.Smitning «Xalqlar boyligi» kitobi chop etilishi bilan shakl-landi.



  1. Quyidagi sanab o’tilganlardan iqtisodiyotni nazariy jihatdan o’rganishda amaliy ahamiyatga ega emas:

a) Har bir kishi iqtisodiy jarayonlar ta’sirida bo’ladi va unga o’zi ham ta’sir ko’rsatadi;
b) Har bir kishi o’z bilimi va tajribasidan u yoki bu faoliyatda foydalanib pul ishlab topadi. Iqtisodiy nazariya odamlarni yashay bilishga o’rgatadi;
v) Har bir kishi siyosiy muammolar bilan to’qnashadi, ularning ko’pi esa iqtisodiyot bilan bog’liq;
g) Har bir kishi iqtisodiyotning qonunlarini qanday amal qilishini bilsa, o’z iqtisodiy muammolarini to’g’ri echishga qodir bo’ladi.



  1. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini ifoda-laydi

  1. iqtisodiy prognoz uchun instrument;

b) iqtisodiy tamoyillar kompleksi;
v) iqtisodiy jarayon va hodisalarning obektiv xususiyatlariga va tadqiqot maqsadi va xarakteriga ko’ra abstrakt tarzda umumlash-tirib ifodalangan reallikning konstruktsiyasi, maketi, andozasi;
g) iqtisodiyot va siyosatning ideal tipi bo’lib uni amalga oshirish uchun zarur.



  1. Quyidagi ifodalangan iqtisodiy maqsadlardan qaysi birini aniq raqamlar bilan o’lchash mumkin?

  1. iqtisodiy kafolat;

b) iqtisodiy erkinlik;
v) to’la bandlik;
g) daromadlarni adolatli taqsimlash.



  1. Agar qo’yilgan ikki iqtisodiy maqsad bir-biriga zid ekanligi ta’kidlansa, u Holda

  1. bir vaqtning o’zida ikkala maqsadni amalga oshirib bo’lmasligini;

b) O’zbekistonda amalga oshirilishi lozim bo’lgan maqsad sifatida qo’yib bo’lmasligini;
v) ulardan birini amalga oshirilishi ikkinchisini ham amalga oshirilganini;
g) bu maqsadlarni miqdor jihatdan o’lchash mumkinligini bildiradi.



  1. Pozitiv iqtisodiy nazariya:

  1. iqtisodiy hodisalarni qanday bo’lsa shunday o’rganadi;

b) iqtisodiy hodisalarni qanday bo’lishi kerakligini ko’rsatadi;
v) iqtisodiy rivojlanishdagi ijobiy tendentsiyalarni o’rganadi;
g) bildirilgan fikrlarni tahlil qiladi.



  1. Agar iqtisodiy jihatdan umumlashtirish dalillar, raqamlarga asos-lansa, u Holda bunday tahlil metodi:

  1. bayon qilish;

b) qiyosiy;
v) tarixiy;
g) deduktiv;
d) induktiv.



  1. Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo’jaligi, alohida olingan bozorlar muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil

  1. normativ;

b) pozitiv;
v) ilmiy abstraktiv;
g) mikroiqtisodiy;
d) makroiqtisodiy

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin