Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo’lib, bu tushunchalar o’quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi.
Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi.