Fikrni asoslashda iqtibos(sitata), maqol va hikmatlardan foydalanish
Fikrni asoslashda iqtibos(sitata), maqol va hikmatlardan foydalanish
Xalq og’zaki ijodi bag’rida yetilgan va ko’p asrlik she’riyatimizga badiiy tasvir vositalari har bir ijodkor asarlarida o’zgacha sayqal topadi. Xalq tilidagi maqol va matallar, iboralar, obrazli ifodalar, latifa-yu rivoyatlar har bir san’atkor uchun hayotiy mazmunini yanada teranroq va yorqinroq ifodalashda yuksak poetik vosita bo’lib xizmat qiladi
Maqol
Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli ran. Muayyan ritmik shaklga ega. M.larda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.
Hikmatli soʻzlar — tugal fikrni anglatuvchi, oʻtkir mazmunli qisqa va loʻnda ibora, bayt, jumla. Xalq maqollaridan farqli ravishda Hikmatli soʻzlar kelib chiqishi jihatidan maʼlum bir shaxs (yozuvchi, shoir, publitsist, faylasuf, olim, davlat arbobi va boshqalar)ga mansub boʻlib, individualligini saqlab qoladi. Hikmatli soʻzlar ning mustaqil janr shaklidagi namu-nalari bilan birga ilmiy, falsafiy, tarixiy hamda badiiy asarlar tarkibida uchraydiganlari ham boʻladi. Baʼ-zan asar boshdan-oyoq Hikmatli soʻzlardan iborat boʻlishi ham mumkin (Forobiy va boshqalar). Alisher Navoiyning ayrim asarlari Hikmatli soʻzlarga boy ("Nazm ul-javohir", "Arbain", "Mahbub ul-qulub" va boshqalar). Sharq xalqlari adabiyotida, jumladan, oʻzbek adabiyotida Hikmatli soʻzlarning koʻp qismi pand-nasihat, oʻgit, tanbeh shakllarida boʻladi.
Xalq jonli tiliga, maqollarga yaqin Hikmatli soʻzlar ham koʻp uchraydi. Masalan, "Oʻqsiz soldat — qilichsiz qin" Oybek.
Iqtibos (arab. — ziyo olmoq), sitata — biror asardan soʻzma-soʻz olingan parcha. Iqtibos bayon qilinayotgan fikrni ishonchli fikr bilan quvvatlash, muayyan fikrni tanqid qilish uchun hamda muhim faktik material — misol sifatida qoʻllaniladi. Iqtibos asosan, ilmiy (koʻpincha gumanitar) va rasmiy nutqda ishlatiladi hamda qoʻshtirnoq bilan belgilanadi yoki alohida harf bilan yoziladi; shuningdek, manbaga havola qilinadi. Bunday koʻchirmalar foydalanuvchining fikri bilan qiyoslanganda uning mohiyatini toʻgʻri tushunish imkonini beradi. Iqtibosdan koʻp hollarda epigraf va shior oʻrnida ham qoʻllaniladi. Agar muallif fikriga zarar yetmasa, Iqtibosda orfografiya va punktatsiyani oʻzlashtirish, soʻz (soʻzlar)ni tushirib qoldirish mumkin (bunda koʻp nuqta bilan belgi qoʻyiladi)