ancha yillardan beri o‘rganilib kelingan. O‘zbek tilida ham so‘z yasalishi bo‘yicha
olimlar tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bu ishlarda so‘z
yasash tiplari, strukturasi, so‘z yasash qoliplari, so‘z turkumlarida so‘z yasalishiga
doir tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, o‘zbek tilida so‘z yasalishi bo‘yicha
Z.Akobirova, Q. Zokirov, H. Jamolxonov kabi olimlarning qarashlari mavjud.
7
O‘zbek tili so‘z yasalishi bo‘yicha ayniqsa A.Hojiyevning xizmatlari beqiyosdir.
Bu borada uning bir qancha ilmiy asarlari yuzaga kelgan. Maktab darslik va
qo‘llanmalarida olimlar o‘zbek tilida so‘z yasalish usullarini beshta deb
ko‘rsatsalar, ayrimlari uchta, ba’zi ishlarda hatto ikkita deb ko‘rsatiladi. Masalan,
affiksatsiya (morfologik) usuli, kompozitsiya (sintaktik) usul, abbreviatsiya
(so‘zlarni qisqartirish) usuli, turkumdan turkumga ko‘chish (semantik) usuli,
so‘zlarni takrorlash usuli kabi. Bular asosida yangi so‘z yasash hodisasi rus tili
qoliplari asosida shakllanganligi ta’kidlanib, hozirgi kunda ayrim olimlar
kompozitsiya usulida so‘z yasalish hodisasi mavjud ekanligini inkor etayaptilar.
Bu haqda A.Hojiyevning maxsus qo‘llanmasi e’lon qilingan.
Dostları ilə paylaş: