FILOLOGIYA FAKULTETI
Filologiya fakulteti 1930-yilda, Chet tillar fakulteti 1962-yilda tashkil topgan. 1949–1970-yillarda Tarix-filologiya, 1970–1972-yillarda O’zbek filologiyasi va chet tillar, 1972–1978-yillarda O’zbek filologiyasi va tarix, 1973–1993-yillarda O’zbek filologiyasi va chet tillar, 1989–1999-yillarda O’zbek, tojik filologiyasi va chet tillar fakulteti nomi bilan faoliyatini davom ettirdi. 1995–1996-yillarda Filologik o’quv markaziga qo’shildi. 1996-yilning 2-mayidan 1998–1999-o’quv yiliga qadar O’zbek, tojik filologiyasi fakulteti nomi bilan qayta shakllandi. 2009 yildan boshlab Filologiya fakulteti nomi bilan yuritilmoqda. Fakultetda keyingi 30 yil davomida M.Abdurahmonov, T.Qoraev, E.Qilichev, S.Saidov, M.Bozorov, Z.Toshev, B.Ahmedov, R.Vohidov, S.Azimov, Q.To’xsanov, R.Bobokalonov, A.Haydarovlar dekan vazifasida faoliyat olib bordilar. Hozirda fakultetni filologiya fanlari doktori, D.Z.Rajabov boshqarmoqda.
Fakultet ilmiy-ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda M.Mirzaev, S.Aliev, A.Abdullaev, V.Egamberdiev, O.Safarov, H.Ne’matov, A.G`ulomov, O.Rasulova, H.Zikriyaeva, M.Qosimova, Z.Husainova, N.Shukrullaev, L.Mavrina, M.Alimova, M.Qosimov Z.Hasanova, Yu.Xon kabi ustoz professor-o’qituvchilar hamda ular shogirdlarining munosib hissasi bor.
Ayni paytda fakultetda Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili), Filologiya va tillarni o’qitish (rus tili), ona tili va adabiyoti (o’zga tilli guruhlarda), Filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili), Jurnalistika: bosma OAVlari jurnalistikasi, Axbarot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ixtisosliklari bo’yicha bakalavrlar hamda Lingvistika (o’zbek tili), Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti), Lingvistika (rus tili), Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti), Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik, mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanadi.
Fakultetda 3 ta kafedra, ya’ni o’zbek tili va adabiyoti (kafedra mudiri – filologiya fanlari doktori, H.Eshonqulov), o’zbek tilshunosligi (kafedra mudiri – filologiya fanlari nomzodi, dostentA.Axmedov), rus tili va adabiyoti (kafedra mudiri – O.Nosirov) kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur kafedralarda 76 nafar professor-o’qituvchilar, shu jumladan, 14 nafar fan doktorlari, professorlar, 28 nafar fan nomzodi, dostentlar va 40 nafar yuqori malakali o’qituvchilar talabalarga bilim bermoqdalar.
Keyingi besh yilda O’zbek tili va adabiyoti kafedrasidan D.O’raeva (2018), Sh.Axmedova (2018), D.Quvvatova (2021), O’zbek tilshunosligi kafedrasidan M.Q.Abuzalova (2020), Yo.S. Saidov (2021) yillarda professor ilmiy unvonini oldilar.
2012-2016-yillarda F-1-06 “Istiqlol davri o’zbek adabiyotida G`arb va Sharq adabiy an’analari sintezi” nomli fundamental davlat granti loyiha doirasida amaliy ishlar qilindi (Loyiha raxbari D.O’raeva). 2020-yilda O’zbekiston Respublikasi Innovastion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Olima ayollar granti”da "Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish" mavzusidagi amaliy loyihasi yaratilib, 2021-2023 yillarga mo’ljallangan A-OT-2021-2 raqamli mazkur loyiha ustida tadqiqot olib borilmoqda (Loyixa rahbari M.Abuzalova).
Fakultetda 2020-yildan boshlab, 10.00.01-O’zbek tili , 10.00.02-O’zbek adabiyoti ixtisosliklari bo’yicha DSc.03.04.06.2021.Fil.72.09 raqamli Ilmiy kengashning tashkil topganligi quvonarli bo’ldi desak yanglishmaymiz. Ayni paytda qator tadqiqotchilar ilmiy ishlarini himoya qildilar .
Dostları ilə paylaş: |