Fil’tratsiya bo‘limini texnologiyasi Reja


Filtratsiya bo‘limining texnologik sxemasi



Yüklə 70,54 Kb.
səhifə2/3
tarix19.06.2023
ölçüsü70,54 Kb.
#132536
1   2   3
azimbek022

8.2.Filtratsiya bo‘limining texnologik sxemasi

Soda ishlab chikarishning filtratsiya bo‘limi texnologik sxemasi 6-rasmda keltirilgan.


Trubalar orqali karbonizatsion kolonnalardan suspenziya katta diametrli trubaga (1) yuboriladi. Undan keyin suspenziya umumiy truba orkali filtrning saqlangichiga (2) beriladi. Suspenziyaning miqdori drossel to‘sgichlari (3) bilan regulirovka qilinadi. Suspenziyaning ajaratilishi barabanli vakkum-filtrlarda amalga oshiriladi. Filtr barabanidan olingan cho‘kma transporter bilan natriy gidrokarbonatni kalsinatsiya etish bo‘limiga yuboriladi. Filtr to‘sgichdan o‘tgan havo va filtrning suyuq faza aralashmasi separatorga (4) kelib tushadi va bu erda bir biridan ajratiladi.

Seperatordan (4) filtrning suyuq fazasi yiggich kollektoridan o‘tib, filtr suyuq faza yig‘gichiga (6) beriladi va undan nasos (5) yordamida distillyasiya bo‘limiga yuboriladi. Separatorlardan (4) havo umumiy vakkum-kollektor orqali vakkum-nasos (10) bilan atmosferaga chikarib yuboriladi.


Rasm - 6. Filtrlash bo‘limining sxemasi.


Rasm-5. 1-sig‘im; 2-vakuum-filtrlar; 3-drosel tosgichlari; 4-separatorlar; 5,8,10-nasoslar; 6-filtr suyiqlikning yig‘gishi; 7-buferli yig‘gish; 9-filtrdagi chukmani yuvish uchun suyuklikning yiggichi, 11-filtr xavosining yuvitgichi.

Havo tarkibidagi ammiak va doksid uglerodni ushlab qolish uchun vakkum-filtr separatorlari va vakkum-nasoslar orasida filtrlar havosi yuvitgichi (11) o‘rnatilgan bo‘ladi.


Filtrdagi natriy gidrokarbonat cho‘kmasini yuvish uchun yig‘gichni (9) suyuq fazasi ishlatiladi. Filtr gazmollarini regeneratsiya qilish uchun vozduxoduvkalar bilan filtrlarga siqilgan havo beriladi. Filtrga ortiqcha miqdorda suspenziya beriladi, chunki trubkasida doyimiy satx saqlab turish uchun ortiqcha suspenziya trubadan truboprovod orqali buferli yig‘gichga (7) kelib tushadi. Buferli yig‘gichning ichida aralashtirgich joylashgan bo‘ladi. Suspenziya yig‘gichdan (7) nasos orkali dastlabki yig‘gichga (1) beriladi. Yig‘gichga (7) minimal miqdorda suspenziya kelib tushishi uchun ma’lum sharoitlarda jarayonni olib borilishi zarur. Qisman yuvitish suvlari erigani va uning mayda kristallari filtrdan o‘tganligi sababli gidrokarbonat natriyning yo‘qolishlari kuzatiladi. Bundan tashqari qisman qaytar reaksiya o‘tganligi uchun ham gidrokarbonat natriyning yo‘qolishi bo‘ladi:
NaHCO3+NH4Cl⇄NaCl+NH4HCO3
YUvish suvning harorati 450C va miqdori oshgan holda hamda filtrlash to‘sgich butunligi buzilganda filtrlash jarayonida yo‘qolishlar miqdori ko‘payib ketishi kuzatiladi. Kalsinatsiya stadiyasida gidrokarbonat natriy tarkibidagi namlikga issiqlik sarflanishi va bug‘lanayotgan namlikning miqdorlariga boglikligi quyidagi jadvalda keltirilgan.



Namlik miqdori, %

100 kg tayyor sodaga chikarilayotgan namlikning miqdori, kg

Kalsinatsiya stadiyasida suvni bug‘latish uchun issiqlikning nisbiy sarflanishi, %

100 kg namli* gidrokarbonat natriyga sodaning chiqishi, kg

22,23

45

139,7

49

20,75

41,3

126,1

50

19,16

37,5

114,7

51

17,58

33,8

100

52

15,99

30,2

91,7

53

14,31

26,5

80,3

54


Yüklə 70,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin