Fil’tratsiya bo‘limini texnologiyasi
Reja:
Uzluksiz ishlaydigan vakuum-filtrlarda bordigan jarayonlar
Filtratsiya bo‘limining texnologik sxemasi.
Uzluksiz ishlaydigan vakuum-filtrlarda bordigan jarayonlar
Karbonizatsion kolonnalardan suspenziya tarkibidagi gidrokarbonat natriyni ajratish uchun filtrlash jarayoni qo‘llaniladi. Hosil bo‘lgan kristallar kalsinatsiyalash-bulimiga beriladi, filtrdan chiqayotgan suyuq faza esa distillyasiya bo‘limiga ammiakni regeneratsiya qilish uchun beriladi. Tarkibida NH4Cl, NH4HCO3, (NH4)2CO3, NaCl tuzlari bo‘lgan eritmadan NaHCO3 kristallarini filtrlash uzluksiz ishlaydigan vakuum-filtrlarda amalga oshiriladi (1-rasm). Vakuum-filtr ochiq baraban ko‘rinishida bo‘lib, uning yon sirt yuzasi metalla to‘rdan yasalgan va filtrlovchi material, tortilgan bo‘ladi. Baraban tegana idish shaklida aylanadi, u eritmadagi natriy gidrokarbonat susperziyasini aralashtirgich 10 ga etkazib beradi.
Vakuum-filtr vakuum yacheykasi 1, surib chiqarish yacheykasi 2, oraliq yacheykalar 3 dan iborat. Filtr barabani 1,1-3,4 ayl/min tezlikda gorizontal val 7 da aylanadi, u orqali havo, gazlar va suyuqlik so‘rib chiqariladi. Uning yuzasi bo‘yicha aylanishda taqsimlovchi golovka 8 ning so‘rish seksiyasida natriy gidrokarbonat qatlami 4 cho‘ktiriladi, baraban aylanganda cho‘kma qatlami yuvish seksiyasi 6 da eriydigan tuzlardan ajratish uchun suv bilan yuviladi. Filtrlovchi material to‘qimalari orasiga cho‘kma tiqilib qolishini oldini olish uchun purkagich 9 yacheykasidan beriladigan qisilgan havo bilan filtr tozalanadi.
Rasm -4. Uzluksiz ishlaydigan vakuum-filtr sxemasi
Tarkibida taxminan 14% suv bo‘lgan natriy gidrokarbonat pichoq 5 bilan ajratib olinadi, transportyorga kelib tushadi va uni kalsinatsiya uchun pechga yuboriladi.
SHunday filtrning unusdorligi sutkasiga 160-200 t sodani tashkil etadi.
Filtrdan so‘rib olingan havo tarkibida karbonat angidrid va ammiak bo‘ladi, uni absorberga (filtr havosini yuvadigan) yuboriladi va u erda gazdan NH3 va CO2 tutib qolinadi. Filtrat suyuqligi disstilyasiyaga uzatiladi.
YUvish suvning harorati 45°C va miqdori oshgan holda hamda filtrlash to‘sgich butunligi buzilganda filtrlash jarayonida yo‘qolishlar miqdori ko‘payib ketishi kuzatiladi. Kalsinatsiya stadiyasida gidrokarbonat natriy tarkibidagi namlikga issiqlik sarflanishi va bug‘lanayotgan namlikning mikdorlariga bog‘likligi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |