Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi - davlat moliyaviy salohiyatining asosidir Finance of economic entities is the basis of the financial potential of the state Финансы хозяйствующих субъектов – основа финансового потенциала государства
Iqtisodiyot fakulteti,Moliya va kredit kafedrasi mudiri
Rejabov Xayrullo Hikmatullayevich
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
talabasi Jumanazarov Kamronbek Xojiakbar o‘g‘li
Annotatsiya Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi - davlat moliyaviy salohiyatining asosidir. Bu mavzu, davlat moliyaviy salohiyatining asosiy asoslari orqali xalqaro moliya tizimlarida ishlab chiqarish uchun zarur mablag‘larni to‘plash va ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishda o‘rnatilgan xo‘jalik yurituvchi sub‘yektlar moliyasi tizimini tahlil qiladi.
Kalit so‘zlar: moliya, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar, davlat moliyasi, moliyaviy salohiyat, moliyaviy isloh qilish.
Annotation Finance of economic entities is the basis of the financial potential of the state. This topic analyzes the financial system of business entities established in the international financial systems to collect the necessary funds for production and their direct use through the main foundations of the state's financial potential.
Key words:finance, economic entities, state finance, financial potential, financial reform.
Aннотация Финансы хозяйствующих субъектов являются основой финансового потенциала государства. В данной теме анализируется финансовая система субъектов хозяйствования, созданная в международных финансовых системах для сбора необходимых средств для производства и их прямого использования через основные основы финансового потенциала государства.
Ключевые слова: финансы, хозяйствующие субъекты, государственные финансы, финансовый потенциал, финансовая реформа.
Kirish Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub’ektlari va aholining pul daromadlari hamda jamg‘armalari asosida shakllanib o‘zaro bog‘langan quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topadi:
Respublika va mahalliy byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlari; Davlat kreditlashtirish resurslari;
Davlat unitar xo'jalik yurituvchi sub’ektlari va davlatning ishtirokidagi xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi.
Xususiy xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy salohiyati.
Bank-kredit tizirnining rnoliyaviy salohiyati
Sug'urta fondlarining moliyaviy salohiyati
Uy xo'jaliklarining rnoliyaviy salohiyati
Xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari ular tomonidan olinadigan pul darornadlari va ishlab chiqarish resurslari iqtisodiy doiraviy aylanishi samaradorligining o'sishiga xizrnat qiladigan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashtirish jarayonini amalga oshirishga yordarn beradigan va ularning ixtiyorida bo'lgan qarziy mablag'lar asosida tashkil topadi.