Fine reader dasturi va unda ishl



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə21/26
tarix30.09.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#151142
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi b-fayllar.org

2. Alangalanish. Suyuq yonuvchi moddalarni qizdirish chaqnash haroratidan yuqorida ham davom ettirilsa, uning bug‘lanishi jadallashadi va shunday bir vaqt keladiki, unga alanga yaqinlashtirilsa chaqnayotgan bug‘lar chaqnaydi va yonishda davom etadi. Suyuqlikning shu holatidagi harorati alangalanish harorati deb ataladi.
3. O‘z-o‘zidan alangalanish. Agar yonuvchi suyuqlikni alangalanish haroratidan yuqori bo‘lgan holatda ham qizdirilish davom etirilsa-yu, lekin ochiq alanga yaqinlashtirilmasa, ma’lum bir vaqtda ajralib chiqayotgan bug‘lar o‘z-o‘zidan alangalanib ketadi. Yonuvchi suyuqlikning ana shu holatidagi haororati o‘z-o‘zidan alangalanish harorati deyiladi.
4. O‘z-o‘zidan yonib ketish. Ayrim yonuvchi qattiq moddalar noto‘g‘ri saqlansa o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin. Masalan, nam holda g‘aramlangan poxol, paxta, toshko‘mir, moy artilgan latta va boshqalar. O‘z-o‘zidan yonish jarayoni ma’lum haroratdagina ro‘y berishi mumkin. Qattiq moddalar yonayotganda yonayotgan qismlariga yondosh qismlarning qizishi va o‘z navbatida ulardan yonuvchi gazlar ajralib chiqishi hamda ularning ham yona boshlashi natijasida uzluksiz zanjir reaksiyasi kechadi. Bu jarayon biron-bir to‘suvchi omilga uchramasa yonuvchi modda yonib tamom bo‘lguncha davom etadi. Yonuvchi suyuq moddalarning chaqnash harorati 45 0C ga teng yoki undan kichik bo‘lsa, uglerod sulfid, spirtlar va boshqalar misol bo‘la oladi. Chaqnash harorati 45 0C dan yuqori bo‘lganlari esa yonuvchi suyuqliklar deyiladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari 11.3-70 da keltirilishi bo‘yicha yong‘indan muhofaza qilish ilmiy tekshirish institutining tavsiyasiga binoan yengil yonuvchi suyuqliklarga chaqnash harorati 610Sga teng va undan past bo‘lganlarni, yonuvchi suyuqliklarga esa 61 0C dan yuqorilarini kiritish belgilangan. Gazlarda esa, gazning har bir molekulasi kislorodning molekulalari bilan bevosita kontaktda bo‘lishi mumkinligi va ular vaqtning o‘zida oksidlanish jarayoniga tayyor bo‘lganligi uchun, yonish jarayoni katta tezlikda kechadi.
Yonuvchi modda bo‘ylab alanganing tarqalish tezligi sekundiga bir necha metrni tashkil etsa – portlash, bir necha kilometrni tashkil etsa – detonatsiya deb ataladi. Gaz va bug‘larning havo bilan aralashmasining yonish va portlash xavfi, alanganing tarqalish haroratidan tashqari ularning havodagi konsentarsiyasi chegarasi (bug‘lar uchun) bilan harakterlanadi.
Portlashning konsentarsiya chegarasi deb, yopiq tigel chishida yonuvchi gaz va bug‘larning havodagi miqdori tashqi alanga ta’siri ostida alangalanib keta oladigan miqdorga aytiladi.
Havo bilan to‘ldirilgan berk idish olib, unga ma’lum miqdorda yonuvchi gaz yoki bug‘ qo‘shib boramiz va har gal uni yoqib ko‘ramiz. Gazning miqdori (foizlarda yoki og‘irlik konsentarsiyasida) kam bo‘lganda alangalanmaydi, ya’ni idish ichidagi bosim atmosfera bosimiga tengligicha qolaveradi. Har bir yonuvchi moddaning bug‘lari, gazlari hamda changlari o‘zining pastki hamda yuqorigi portlash chegaralari qiymatlariga ega. Yonuvchi changlar va tolalarning pastki portlash chegarasi 65 g/m3 dan past bo‘lsa, portlash xavfi mavjud hisoblanadi. Agar ularning pastki portlash chegarasi 65 g/m3 dan yuqori bo‘lsa, ular yuqori xavfli bo‘lgan changlar hisoblanadi. Suyuqliklar bug‘lari uchun ham portlashning harorat chegaralari pastki va yuqorigi qiymatlarga ega.
Yonuvchi suyuqliklarning gaz va bug‘larning havo bilan aralashmasini yuqorida ko‘rsatilgan chegaralaridan tashqari qiymatlarida hech qanday manba bilan alangalatib bo‘lmaydi. Masalan, atseton to‘yingan bug‘lari uchun portlashning pastki harorat chegarasi – 20 0C, yuqorigisi 7 0C, uglerod sulfid uchun tegishlicha -4 0C va - 7 0C.

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin