Firma bozor iqtisodiyoti sub'yekti sifatida



Yüklə 52,83 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü52,83 Kb.
#181854
  1   2   3   4   5
Iroda


Firma bozor iqtisodiyoti sub'yekti sifatida
Reja


1. Savdo korxonasining iqtisodiy mohiyati va vazifalari.
2. Savdo korxonasi ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida. Savdo korxonasi faoliyatining o‘ziga zos xususiyatlari.
3. Savdo korxonalarining turlari va tashkiliy-huquqiy shakllari.
4. Savdo faoliyatini tartibga solishning huquqiy-normativ asoslari.

Savdo korxonasining iqtisodiy mohiyati va vazifalari.


Iqtisodiy o‘zgarishlarning hozirgi bosqichida asosiy maqsad savdo korxonalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlarni yaratish hisoblanadi.


Belgilangan maqsadlarning murakkabligi mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida tarmoqning bozor mexanizmida asosiy bo‘g‘inga aylanib borayotgan savdo korxonasi degan tushunchaning mohiyati va mazmunini har tomonilama va chuqur o‘rganish zaruratini keltirib chiqaradi.
Korxona deganda umuman qonunchilik bilan belgilangan tartibda jamiyat ehtiyojlarini qondirish va foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun tashkil etilgan mustaqil xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyekt tushuniladi.
Moliya va bozor mexanizmlaridan maksimal darajada foydalanish avvalo korxonalari aholining tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bo‘lgan tarmoqlar, aynan savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun xarakterlidir.
Mazkur faoliyatning mohiyatini tovar-pul munosabatlari va tovarayirboshlash operatsiyalari tashkil etadi. tovar va xizmatlar deganda keng ma’noda bino va inshootlar, mulk, iste’mol va sanoat tovarlari, axborotlar, intellektual mahsulot, valyuta, qimmatli qog‘ozlar va iste’molchi ular uchun pul to‘lashga doim tayyor bo‘lgan boshqa mahsulot va xizmatlar tushunilishi mumkin.
Tovarni sotish narxi uni sotib olish narxidan farq qilishi va bu farq sotuvni tashkil etish va korxonaning davlat oldidagi barcha majburiyatlarini amalga oshirishi bo‘yicha xarajatlarini qoplashdan tashqari tadbirkorga ma’lum miqdorda foyda keltirishi ham zarur degan qoidadan kelib chiqish lozim.
Savdo korxonasining mohiyatini ochib berishda uni uch jihatdan- huquqiy, xo‘jalik va tarmoq jihatidan ko‘rib chiqish zarur. Huquqiy nuqtai nazardan savdo korxonasini huquqiy shaxs sifatida ko‘rib chiqish lozim. Savdo korxonasining rasmiylashtirishning qonunchilik ahamiyati shundan iboratki, u:
belgilangan tarzda korxona ishtirokchilari (ta’sischilari) o‘rtasida o‘zaro ichki munosabatlarni tashkil etish va tartibga solish hamda har bir ishtirokchining manfaatlarini umumiy maqsad yo‘lida birlashtirishga imkon beradi ;
kapitallarni uzoq muddatga birlashtirishning optimal shakli hisoblanadi;
muayyan korxona kapitaliga kiritilgan mablag‘ hajmida ishtirokchilarning mulkiy riskini cheklab qo‘yishga imkon beradi;
kapitalni boshqarishda egiluvchanlikka asos yaratadi.

Yüklə 52,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin